Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida “O‘zbek tili – qalbim tarjimoni” nomli respublika ko‘rik-tanlovining yakuniy bosqichi va g‘oliblarni taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Tanlov Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan O‘zbek tilini rivojlantirish jamg‘armasi, Yoshlar ishlari agentligi hamda Yozuvchilar uyushmasi hamkorligida tashkil etildi. 

Unda mamlakatimiz oliy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan 200 nafardan ziyod xorijlik talaba ishtirok etdi.

Tadbirni oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri maslahatchisi, O‘zbekiston xalq yozuvchisi Isajon Sultonov ochib berib, xorijlik talabalar orasida o‘zbek tiliga bo‘lgan e’tibor ortib borayotgani, bu esa mamlakatimizning madaniy salohiyatini targ‘ib etishda muhim o‘rin tutishini ta’kidladi. 

Shundan so‘ng, final bosqichining “Erkin mavzuda badiiy chiqish” sharti bo‘yicha ishtirokchilar tomonidan tayyorlangan o‘zbek tilidagi she’r va qo‘shiqlar tinglandi.

Yakuniy natijalarga ko‘ra, birinchi o‘ringa Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti talabasi Shen Xintong (Xitoy) sazovor bo‘ldi. Ikkinchi o‘ringa Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti talabasi Toya Kobayashi (Yaponiya) munosib topildi.

Uchinchi o‘rin Buxoro davlat tibbiyot universiteti talabasi Kan Huriya (Hindiston) va Urganch davlat tibbiyot instituti talabasi Abdul Haseyeb Xonga (Pokiston) berildi.

G‘oliblar diplom, faxriy yorliq, esdalik sovg‘alari hamda pul mukofotlari bilan taqdirlandilar.

Tanlov yakunida xorijlik talabalarning o‘zbek tilini o‘rganishga bo‘lgan qiziqishi va Vatanimiz madaniyatiga bo‘lgan hurmati yanada ortgani qayd etildi.

N.Usmonova, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“O‘zbek tili – qalbim tarjimoni” respublika tanlovi g‘oliblari taqdirlandi