XIX asrning ikkinchi yarmida Turkiston o‘lkasi xorijlik olimlar va sayohatchilar uchun hali to‘liq kashf etilmagan sirli bir diyor edi. Rossiya imperiyasi istilosidan so‘ng mintaqa tarixi va madaniyatiga qiziqish ortdi. Bu qiziqish o‘zi bilan birga qadimgi buyumlarga nisbatan talabning oshishiga ham olib keldi.

Natijada, oson daromad ilinjida qazishmalar olib boruvchi “xazina ovchilari” va hatto qadimgi buyumlarning soxta nusxalarini yasovchilar ham paydo bo‘ldi. Bu jarayon ko‘p hollarda tarixiy yodgorliklarning ilmiy ahamiyatini tushunmagan holda yo‘q qilinishiga sabab bo‘lardi. Ana shunday bir sharoitda Samarqandda mutlaqo boshqacha fikrlaydigan, topilgan ashyolarning pulidan ko‘ra uning tarixiy qadrini yuqori qo‘ygan bir inson maydonga chiqdi. Bu – ikkinchi gildiya savdogari, tadbirkor va o‘z davrining ilg‘or kishisi Mirzo Buxoriy edi.

Mirzo Abdulla Buxoriy Samarqanddagi ipak, jun va ip-gazlama mahsulotlari ishlab chiqaruvchi fabrika egasi, o‘z davri uchun ancha peshqadam inson bo‘lgan. Uning nomi tarix sahifalarida nafaqat tadbirkor, balki o‘lkadagi ilk kolleksionerlardan biri sifatida qolgan. Uning faoliyati 1883 yildan to 1893 yilda vafot etguniga qadar bo‘lgan davrda ayniqsa yaqqol namoyon bo‘ladi. Mirzo Buxoriyning boshqa to‘plovchilardan asosiy farqi shunda ediki, u qadimgi buyumlarni shunchaki to‘plab, qimmatroqqa sotishni o‘ylamasdi. Aksincha, u o‘zining boy kolleksiyasini ilm-fan vakillari bilan baham ko‘rishga, uning ilmiy jihatdan o‘rganilishiga hissa qo‘shishga intilardi. Buning yorqin isboti uning 1883 yilda mashhur rus olimi, akademik N.I.Veselovskiy bilan uchrashuvida ko‘rinadi. O‘shanda Veselovskiy Mirzo Buxoriyning boy to‘plamini ko‘zdan kechirib, undan 1202 ta buyumni, jumladan 11 ta oltin, 77 ta kumush va 951 ta mis tangani Imperator Arxeologiya komissiyasi uchun sotib olgan. Bundan tashqari, Mirzo Buxoriy o‘z tashabbusi bilan 1883 yilda Toshkent muzeyiga ham o‘z kolleksiyasidan noyob buyumlar, jumladan, ikkita oltin tangani hadya qilgan.

Tarixchi olim B.V.Luninning yozishicha, Mirzo Buxoriy uchun 1887 yilgi Xarkovdagi qishloq xo‘jaligi ko‘rgazmasiga va undan so‘ng Moskva hamda Peterburgga qilgan safari hayotida burilish yasagan voqea bo‘ldi. Moskvada u Kreml, Qurol-yarog‘ palatasi va Tretyakov galereyasiga bordi. Ayniqsa, unga Vereshchaginning Turkistonga oid polotnolari katta taassurot qoldiradi. U yerdagi muzeylarda tarixiy yodgorliklarning qanchalik avaylab-asrab saqlanayotganini ko‘rib, “bizda esa xonlik davrlaridan hech narsa qolmabdi”, deya afsus bilan qayd etadi. Peterburgda esa u yana Veselovskiy bilan uchrashadi, Ermitaj, Ommaviy kutubxona kabi maskanlarda bo‘lib, Usmon Qur’onini o‘z ko‘zi bilan ko‘radi. Rus Arxeologiya jamiyatining Sharq bo‘limi yig‘ilishida ishtirok etadi.

Bu safar uning dunyoqarashini o‘zgartirdi. Samarqandga qaytgach, u nafaqat kolleksiya to‘plashni davom ettirdi, balki o‘ziga xos tadqiqotchi va targ‘ibotchiga aylandi. U Arxeologiya komissiyasi bilan muntazam yozishmalar olib borib, topilgan tangalarning nusxalarini, ularning qayerdan va qanday topilgani haqidagi batafsil ma’lumotlarni jo‘nata boshladi. Hatto, ba’zi tangalardagi yozuvlarni o‘zi o‘qishga harakat qilib, taxminlarini ham yozib yuborgan. 1888 yilda u “Turkiston viloyatining gazeti”da Samarqand atrofidagi Afrosiyob tepaliklaridan kuchli yomg‘irlardan so‘ng yuvilib yuzaga chiqqan noyob topilmalar haqida maqola e’lon qiladi. Bu uning endi o‘z faoliyatiga ilmiy jarayonning bir qismi sifatida qarayotganidan dalolat berardi. U o‘z maktublaridan birida Arxeologiya komissiyasiga shunday deb yozadi: “Men umumiy foyda va... ilm-fan uchun harakat qilyapman va bizning mahalliy aholi orasida ham qadimgi ashyolarga alohida tushuncha bilan qaraydiganlar bo‘lganini xotira sifatida qoldirmoqchiman”. Bu so‘zlar uning asl maqsadini – oddiy xazina izlovchidan farqli o‘laroq, o‘z xalqi orasida ilmga, tarixga hurmat uyg‘otish, o‘zidan yaxshi nom qoldirish bo‘lganini ko‘rsatadi.

B.V.Luninning ma’lumot berishicha, Mirzo Buxoriyning ma’rifatparvarlik faoliyati uni o‘z davrining buyuk ziyolilari bilan ham yaqinlashtirdi. Taniqli o‘zbek shoiri va ma’rifatparvari Furqat Samarqandda bo‘lganida aynan Mirzo Buxoriyning uyida mehmon bo‘lib, uning noyob to‘plamini katta qiziqish bilan ko‘zdan kechirgan. Furqat uning kolleksiyasidagi qadimgi buyumlar, xususan, yunonlar bilan aloqalardan darak beruvchi eksponatlar bilan tanishib, bu haqda 1891 yilda gazetaga yozgan maktubida ham to‘xtalib o‘tgan. Bu fakt Mirzo Buxoriyning shunchaki yakka kolleksioner emas, balki Turkistondagi ma’rifiy harakatlarning faol ishtirokchilari bilan hamfikr va yaqin aloqada bo‘lgan shaxs ekanini tasdiqlaydi.

Mirzo Buxoriyning qisqa, ammo sermazmun hayoti va faoliyati XIX asr oxirida Turkiston zaminida yangicha tafakkur, ya’ni milliy merosga ilmiy nuqtai nazardan yondashish shakllanayotganining yorqin timsolidir. U o‘z boyligini va vaqtini nafaqat shaxsiy manfaatlariga, balki o‘lka tarixini o‘rganish va saqlab qolishdek ezgu ishga sarfladi. Uning to‘plagan kolleksiyalari bugungi kunda ham Rossiya va O‘zbekiston muzeylarida saqlanib, o‘tmishimiz haqida qimmatli ma’lumotlar berib kelmoqda. Mirzo Buxoriy o‘z faoliyati bilan oddiy savdogarlikdan ma’rifatparvarlik darajasiga ko‘tarilgan, tarixni asrash naqadar muhim ekanini o‘z zamondoshlaridan ancha oldin anglab yetgan shaxs sifatida xotiramizda qolishga haqlidir.

Alisher Egamberdiyev tayyorladi, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Mirzo Buxoriy: Samarqand xazinalarini to‘plagan savdogar