Afg‘oniston, Kongo Demokratik Respublikasi, Gaiti, Somali, Janubiy Sudan va Sudanda 14 millionga yaqin odam global gumanitar yordam qisqarishi tufayli kuchli ocharchilik xavfi ostida qolmoqda. Bu haqda BMT Jahon oziq-ovqat dasturi ogohlantirgan. Ushbu yo‘nalishda eng yirik donor hisoblangan Amerika Qo‘shma Shtatlari tashqi yordamni qisqartirdi. So‘ngra boshqa yirik davlatlar ham shu yo‘ldan yura boshladi.

- Jahon oziq-ovqat dasturini moliyalashtirish hech qachon bunday qiyin kechmagan, - deyiladi agentlik bayonotida. - Tashkilot joriy yil 40 foiz kamroq mablag‘ yig‘ishi xavfi bor. Byudjet 2024 yildagi 10 milliard dollardan 6,4 milliard dollarga tushishi mumkin.

Hisobotda oziq-ovqat yordami qisqarishi tufayli 13,7 million odam "inqiroz"dan "favqulodda vaziyatga" tushishi mumkinligi aytiladi. Bu esa xalqaro ochlikning besh balllik shkalasi bo‘yicha ocharchilikka yana bir qadam yaqinlashish mumkinligidan darak beradi.

Jahon oziq-ovqat dasturi ijrochi direktori Sindi Makkeynning so‘zlariga ko‘ra, ochlikka qarshi kurashda o‘nlab yil davomida erishilgan yutuqlarni yo‘qotish xavfi yuzaga kelgan.

G.Sattorova, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
BMT: 13,7 million odam jiddiy ochlikka duch kelmoqda