Belarus Prezidenti Aleksandr Lukashenko AQSH bilan “yirik kelishuv”ga erishmoqchiligini bildirib, bu jarayonda o‘z mamlakati manfaati inobatga olinishini ta’kidlagan. Bu ikki davlat o‘rtasidagi munosabat va global xalqaro vaziyatga bag‘ishlangan yig‘ilishda u o‘zaro muloqot qayta tiklanayotganini aytgan.

– AQSH, odatda, katta kelishuvlar haqida gapirishni xush ko‘radi,– deydi u. Biz ham bunga tayyormiz. Bir tomonda ularning iltimos va talabi, ikkinchi tomonda esa bizning manfaatimiz tursin. Masalani shu tarzda hal qilamiz. Donald Trampning ayni ish uslubini mutlaqo to‘g‘ri qabul qilaman. Faqat ikkala tarafning xohishi hisobga olinib, hammasi adolatli bo‘lishi lozim.

BelTA davlat agentligi xabariga ko‘ra, Lukashenko so‘nggi vaqt Minskda AQSH Prezidentining maxsus vakillari bilan bir necha uchrashuv o‘tkazgan.  

– AQSH bilan munosabatni tiklash borasidagi siyosatimizni o‘z davlatimiz manfaatidan kelib chiqib olib borishimiz kerak, – degan Belarus yetakchisi. – Shu bilan birga ba’zi masalalarda murosaga boramiz, birinchi bo‘lib qadam tashlashimiz ham mumkin. Amerika bergan va’da bajarilishini kutyapmiz. Masalan, “Belavia” kompaniyasiga qaratilgan sanksiya bekor qilinishi kerak.  

Lukashenko AQSH va ittifoqchilar, xususan Yevropa Ittifoqi tomonidan Belarusga nisbatan hamon amal qilayotgan cheklovlar mamlakatga zarar keltirayotganiga urg‘u bergan:  

– To‘g‘ri, sanksiya sharoitida yashashni, ishlashni o‘rgandik, lekin bunday holat baribir bemalol ishlashimizga xalaqit beryapti. Diqqatimizni boshqa muhim masalalarni hal qilishdan chalg‘itmoqda.  

Shuningdek, u Trampni “Yaqin Sharqda tinchlik o‘rnatgani” uchun maqtab, o‘zi ham Rossiya – Ukraina inqirozni bartaraf etishda ishtirok etishga tayyorligini bildirdi:  

– Amerikaliklar ushbu ziddiyatni hal qilishni istasa va jarayonda bizning ham kichik bo‘lsa-da o‘rnimizni ko‘rayotgan bo‘lsa, ishtirok etishga tayyormiz. Biz o‘z qarashimizni aniq bildirdik: tinchlik, tinchlik va faqat tinchlik. Ukraina mustaqil va suveren davlat sifatida mavjud bo‘lishi kerak. Urush to‘xtashi lozim, aks holda bu davlat yo‘qolib ketishi mumkin.

Tramp hokimiyat tepasiga kelgach, AQSH ma’muriyati Lukashenko bilan aloqani faollashtirdi. Buning natijasida Belarus qamoqxonalaridan o‘nlab siyosiy mahbuslar ozod qilindi.

<iframe width="640" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/pxaqSiTg3QU" title="Lukashenko Tramp bilan kelishmoqchi" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

Kenja Bekjonov, Anvarxo‘ja Ahmedov (video), O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Lukashenko Tramp bilan kelishmoqchi (+video)