Keyingi yillarda yurtimizda aholining yanada farovon yashashini ta’minlash, mahallalarda yashayotgan fuqarolarni rozi qilish, kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha keng ko‘lamli ibratli ishlar amalga oshirilayotir.

Bu borada Surxondaryo viloyatida ham maqtovga loyiq yumushlar qilinganini alohida ta’kidlash kerak. Ayniqsa, Saydulla Abduraimov hamda O‘ktam Aliboyev rahbarlik qilayotgan viloyat mahallalar boshqarmasi mutasaddilari joylarda tez-tez bo‘lishib, ana shu yo‘nalishda bir qator tuman va mahallalarda ijobiy o‘zgarishlar bo‘lishiga ham erishmoqdalar.

Viloyat hokimiyatidan ma’lum qilishicha, Prezidentimizning “Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturini amalga oshirish bo‘yicha qarori  ijrosi borasida  sezilarli yutuqlar qo‘lga kiritildi. Xususan, viloyatda 77 ta og‘ir toifali mahalla tanlab olingan edi. Ana shu mahallalarda  infratuzilmani rivojlantirish va aholi turmush sharoitini yaxshilash bo‘yicha keng qamrovli, zarur tadbirlarni o‘tkazish ko‘zda tutilgan.

Yaqinda viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov Termiz hamda Muzrobod tumanlarida bo‘lib, e’tirofga loyiq ibratli ishlar qilinganini alohida qayd etdi. Xususan, yuqorida ta’kidlangan tanlab olingan mahallalarda  aholi tomorqalarini sug‘orish tizimini yanada yaxshilash maqsadida 25 ta nasos agregati berildi. 80 ta sug‘orish qudug‘i, 41,5 kilometr uzunlikdagi sug‘orish tarmog‘i ishga tushganligini alohida ta’kidlash kerak. Bundan tashqari 152,4 kilometr ariqlar betonlab chiqildi. 

Bu ishlarni bajarishdan maqsad aholining tomorqalardan ko‘proq daromad olishiga erishishdir. Ba’zi mahallalardagi xonadonlarga borsangiz dilingiz yayraydi. Buning sababi shundaki, ular tomorqasida turli ekinlarni parvarish qilib,  bir necha o‘n million so‘m daromad,  ishbilarmon kishilar esa yiliga ikki marta hosil olayotganligining  guvohi bo‘lasiz.

Ammo bu borada hali qilinishi zarur bo‘lgan ishlar, bir qator  muammolar ham oz emas. Ayrim joylarda tomorqalardan yaxshiroq foydalanish uchun sharoit yaratish kerak. Ba’zi mutasaddilarning e’tiborsizligi tufayli bu boradagi muammolar tobora ko‘payib borayotir. Jumladan, 94 ta nasos agregatiga quyosh panellarini o‘rnatish, 265 kilometr uzunlikda elektr tarmog‘i tortish ishlari nihoyasiga yetkazilmagan.

Viloyat hokimi bu ishlarni sifatli hamda barvaqt uddalashda beparvolik qilayotgan rahbarlar va mutasaddi kishilarni qattiq tanqid qildi.

Hokimning kuyinchaklik bilan gapirganligi bejiz emas. Yaqinda Qiziriq tumaniga borganimda  o‘nlab fuqarolarning shikoyatlarini ham eshitishimga to‘g‘ri keldi. Misol uchun, Yangi Turmush mahallasi (raisi Allanazar Annaqulov)dagi ko‘pchilik kishilarning tomorqasiga bahor va yoz faslida bir necha oylab oqar suv bormaydi. Shu sababli ekinlarni o‘z vaqtida sug‘orishning, tomorqada biror ekin yetishtirishning, demak mo‘may daromad olishning imkoni bor deb bo‘lmaydi. Ammo yerdan foydalanishning iloji yo‘q bo‘lsa-da, mahallada yashayotgan fuqarolar bir necha yuz ming so‘m yer solig‘i to‘lashadi. Bunday tashvishli ahvolni o‘nglash chorasini ko‘rish kerak.

Og‘ir toifaga kiritilgan mahallalarda faoliyat ko‘rsatayotgan xodimlar joylardagi ahvolni chuqur o‘rganishlari, har bir tomorqadan yuqori hosil olib, aholining turmush sharoiti yanada yaxshilanishiga erishishlari darkor.

Jovli Xushboqov, 

O‘zA muxbiri

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Curxondaryoda kambag‘allik barham topadimi? yoxud bu boradagi yutuqlar va ayrim muammolar xususida