So‘nggi yillarda yurtimizda ta’lim tizimini tubdan takomillashtirish borasida qator islohotlar olib borilmoqda. Buning uchun zarur mablag‘lar ajratilib, soha rivojiga sarflanmoqda. Xususan, xalqaro munosabatlar ham yangi bosqichga ko‘tarilmoqda.

Toshkent xalqaro universitetida TÜRKÜNİB'ning 8-Bosh assambleyasi o‘z ishini boshladi.

Ma’lumki, Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev Turkiy davlatlar tashkiloti sammitida O‘zbekiston 2025–2026 yillarda Turkiy universitetlar ittifoqi (TÜRKÜNİB)ga raislik qilishi davrida “Turkiy ilm-fan va innovatsiyalar kunlari”ni o‘tkazish tashabbusini ilgari surgan edi.

Tadbirni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbarining ta’limni isloh qilish bo‘yicha o‘rinbosari Hilola Umarova, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov, Turkiy davlatlar tashkiloti bosh kotibi Kubanichbek Omuraliyev, Turkiy akademiya prezidenti Shahin Mustafoyev, Toshkent xalqaro universiteti rektori Iskandar Yo‘ldoshev ochib berdi.

Tadbir doirasida “Turkiy ilm-fan va innovatsiyalar kunlari” tashabbusi muhokama qilinib, O‘zbekiston universitetlari ko‘rgazmasi tashkil etildi.

Ma’lumot o‘rnida aytib o‘tish kerakki, Assambleyada tashkilotga a’zo mamlakatdan 70 ga yaqin universitet vakillari, jumladan 200 nafarga yaqin rektor va olimlar qatnashmoqda.

Sherbek Islomov,

O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Toshkentda TÜRKÜNİB'ning 8-Bosh assambleyasi boshlandi