Misrning Sharm Ash-Shayx shahrida o‘tgan xalqaro tinchlik sammitida AQSH Prezidenti Donald Tramp va Misr Prezidenti Abdulfattoh As-Sisiy Yaqin Sharqdagi keskin vaziyatni muhokama qilib, Isroil–HAMAS o‘rtasidagi otashkesim bitimini mustahkamlovchi hujjatni imzoladi. Sammitda Qatar, Turkiya va Misr vositachilik vazifasini bajardi.

Sisiy o‘z chiqishida Trampning G‘azo bo‘yicha taklifini “mintaqada tinchlik o‘rnatish uchun so‘nggi imkoniyat” deb atab, agar bu imkon boy berilsa, mintaqa yana beqarorlik girdobiga qaytishi mumkinligini ta’kidladi.

Tadbirda 20 dan ziyod mamlakat rahbarlari, jumladan Iordaniya Podshohi Abdulloh II, Turkiya Prezidenti Erdog‘an, Qatar Amiri Tamim Bin Hamad Ol-Soniy hamda Fransiya va Buyuk Britaniya yetakchilari ishtirok etdi. Anjumanda qatnashgan Buyuk Britaniyaning

sobiq Bosh vaziri Toni Bler G‘azoning oraliq boshqaruvini kuzatadigan “Tinchlik kengashi” tarkibiga kiritilishi kutilayotgani bildirildi.

Tramp o‘z nutqida bu uchrashuvni “boylik va qudrat jihatidan tarixdagi eng yirik siyosiy yig‘inlardan biri” deb atadi. Barchani “o‘tgan avlodlar adovatini ortda qoldirib, yangi kelajak qurish”ga chaqirdi.

Yevropa Kengashi Prezidenti Antoniu Koshta esa barqaror tinchlikka “ikki davlat yechimi” asosida erishilishini ta’kidladi va Yevropa Ittifoqi Falastin ma’muriyatini qo‘llab-quvvatlashga tayyorligini bildirdi.

Sammit yakunida Tramp Misrning eng oliy fuqarolik mukofoti — Nil ordeni bilan taqdirlandi.

Musulmon Ziyo, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Misr yetakchisi: Tramp rejasi tinchlik uchun so‘nggi imkoniyat