Ma’lumki, jinoyatlarning oldini olish, fuqarolarga yoki xodimlarga hujum uyushtirish holatlarini bartaraf etish, yashirinayotgan shaxslarni aniqlash va ushlashda xizmat itlaridan foydalanish samarali bo‘ladi.

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi hamda Milliy gvardiya tomonidan jamoat joylarida — xususan, xiyobonlar, istirohat bog‘lari va bozorlarda giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar noqonuniy aylanmasining oldini olish maqsadida xizmat itlaridan foydalanish tartibini belgilovchi qo‘shma qaror qabul qilindi.

Mazkur qarorga muvofiq, dastlab Toshkent va Nukus shaharlari hamda viloyatlar markazlarida joylashgan jamoat joylarida xizmat itlari bilan birgalikda patrul naryadlari tajriba-sinov tariqasida faoliyat boshladi, deyiladi Toshkent shahar hokimligi ma’lumotida.

Hozirda Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi Kinologiya bo‘limi xodimlari "Tashkent City Mall” savdo majmuasi, “City Park”,   “Dream Park” va “Magic City” ko‘ngilochar maskanlarida xizmat faoliyatini olib bormoqda.

Xizmat itlari yordami jinoyatlarning oldini olishda, xususan, fuqarolarga yoki xodimlarga hujum uyushtirish holatlarini bartaraf etishda, jinoyat sodir etgandan keyin yashirinayotgan shaxslarni aniqlash va ushlashda, shuningdek, qo‘lga olingan shaxslarning qochishga urinishi yoki atrofdagilarga zarar yetkazish ehtimoli mavjud vaziyatlarda qo‘llaniladi.

Qarorga muvofiq, jonivorlarning xizmat davomiyligi ob-havo harorati +30°C dan yuqori yoki +1°C dan past bo‘lgan paytlarda 4 soatdan oshmasligi belgilangan. Zarurat tug‘ilganda, xizmat itlari uchun kichik hajmli maxsus volerlar o‘rnatilishi ham rejalashtirilgan.

A.RUSTAMOV, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Jamoat joylarida xizmat itlari va patrul naryadlari faoliyat boshladi