Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida mahalla tizimini yanada takomillashtirish va joylarda ishlarni samarali tashkil etish masalalari yuzasidan videoselektor yig‘ilishi davom etmoqda.

Yoki “yettilik” xodimlarining aniq vazifalari va KPI belgilangani bilan mahalladagi umumiy natijadorlikni baholaydigan tizim yo‘q.

Hozirda “yettilik” a’zolarining 1 ming 700 nafari mahalla hududidan 20-30 kilometr uzoqdan qatnaydi. Oqibatda o‘tgan yili 68 nafar “yettilik” vakillari biriktirilgan mahallasiga bir necha oy kelmagan.

Mutasaddilarga “yettilik” faoliyatini kompleks baholaydigan tizimni ishga tushirish topshirildi.

Tuman hokimlari yil yakuniga ko‘ra, yaxshi ishlagan 10 ta “yettilik”ning barchasini mukofotlash, ularga qo‘shimcha ustamalar berishni yo‘lga qo‘yadi.

– Shunda “yettilik” hamjihat va yagona jamoa bo‘lib ishlaydi, – dedi Prezident.

Bundan buyon “yettilik” xodimlari bilan har bir yo‘nalish bo‘yicha alohida yig‘ilish o‘tkazish taqiqlanishi belgilandi.

O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Mahalla yettiligi” ish vaqtining yarmi turli majlis va tadbirlarda o‘tayotgani ko‘rsatib o‘tildi