Bu haqda prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida mahalla tizimini yanada takomillashtirish va joylarda ishlarni samarali tashkil etish masalalari yuzasidan o‘tayotgan videoselektor yig‘ilishi davom ta’kidlandi.

Sharoit qilib berilgani uchun joylarda xususiy sheriklik asosida 1 mingga yaqin zamonaviy mahalla binolari barpo etildi.

Shu bilan birga, mahalla binolarini zamonaviy servis ob’ektiga aylantirish uchun tadbirkorlarga qo‘shimcha yengilliklar beriladi.

Eng avvalo, viloyat “Islohotlar shtabi” tadbirkorlar bilan maslahat qilib, mahalla binosi qurish uchun aniq joyni belgilaydi, yer ajratish qarorini chiqarib beradi.

Shahar va viloyat markazida tadbirkorlar tomonidan qurilib, pastki qavatida “mahalla yettiligi” joylashadigan binolar 3 yil muddatga yer va mol-mulk solig‘idan ozod qilinadi.

Qishloq joylarda esa bu imtiyozlar 7 yil bo‘ladi.

Bino egasi bo‘lgan tadbirkorlar ushbu muddat davomida foyda va aylanmadan soliqni 50 foiz pasaytirilgan stavkada to‘laydi.

O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Joylarda xususiy sheriklik asosida mingga yaqin zamonaviy mahalla binolari barpo etildi