Shu kunlarda poytaxtimizdagi Bahodir Jalolov nomidagi boksga ixtisoslashtirilgan sport maktabi hamda Respublika olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi majmuasida 8 ta mamlakat milliy terma jamoalari ishtirokida xalqaro o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlari o‘tkazilmoqda.

O‘zbekiston, Jazoir, Turkmaniston, Falastin, Ozarbayjon, Yaponiya, Marokash va Rossiya terma jamoasining ikkita tarkib bokschilari ishtirok etayotgan mashg‘ulotlarda o‘nlab Olimpiya o‘yinlari va jahon chempionatlarining g‘olibu sovrindorlari qatnashmoqda.  

Boks bo‘yicha mamlakatimiz terma jamoasi a’zolari uchun mazkur mashg‘ulotlar joriy yilning 7-21 noyabr kunlari Saudiya Arabistonida o‘tadigan “Islom birdamligi” o‘yinlariga tayyorgarlikning muhim bosqichi ekanligi bilan ahamiyatlidir.  

Xalqaro o‘quv-yig‘in mashg‘ulotlari 27 oktyabrga qadar davom etadi.  

T.Ro‘ziyev, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
8 mamlakat boks terma jamoalari Toshkentda mashg‘ulotlarda qatnashmoqda