Osiyo qit’asida “JCH-2026” saralashining 4-bosqich uchrashuvlari bugun, 14 oktyabr kuni o‘z yakuniga yetadi va mundialga yo‘l oladigan yana ikki terma jamoasi nomi aniq bo‘ladi.

Aniqroq aytadigan bo‘lsak, Jahon chempionati saralashi 4-bosqich uchrashuvlarining "A" guruhida Qatar o‘z maydonida Birlashgan Arab Amirliklari terma jamoasi bilan, "B" guruhi mezboni bo‘lgan Saudiya Arabistoni esa Iroq terma jamoasiga qarshi maydonga tushadi.  

Ayni damda, BAA o‘z guruhida 3 ochko bilan turnir jadvalini boshqarib borayotgan bo‘lsa, Qatar va O‘mon hisobida 1 ochkodan bor, ammo O‘mon ushbu natijaga ikki o‘yinda erishgani bois, guruhning so‘nggi o‘rnidan joy oldi. "B" guruhida esa Saudiya Arabistoni va Iroq terma jamoalari bir xil 3 ochkodan to‘plagan bo‘lsa Indoneziya o‘tgan ikki turda mag‘lubiyatga uchrab ochkosiz qoldi.  

4-bosqich yakuniga ko‘ra, guruh g‘oliblari 2026 yilgi Jahon chempionatiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri yo‘llanmani qo‘lga kiritadi. Guruhning ikkinchi o‘rnidan joy olgan termalar 13 va 18 noyabr kunlari pley-off bosqichiga chiqish uchun ikki o‘yinli bellashuvda ishtirok etadi. G‘olib FIFA pley-off turniriga yo‘l oladi.

Shu bois ham “A” guruhida Qatarni faqat g‘alaba qanoatlantiradi. BAA uchun durang natija kifoya. “B” guruhida esa Saudiya Arabistoni va Iroq to‘qnashuvi g‘olibi to‘g‘ridan-to‘g‘ri mundialga yo‘l oladi.

Javohir Toshxo‘jayev,

O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Bugun Osiyo qit’asidan yana ikki terma jamoa mundialga yo‘l oladi