Buyuk Britaniya poytaxti Londonda G‘azoni qayta qurish bo‘yicha uch kunlik xalqaro konferensiya boshlanmoqda.

Tadbirda Falastin ma’muriyati, Saudiya Arabistoni, Iordaniya, Germaniya va Italiya, shuningdek Jahon banki, YeTTB kabi xalqaro moliya institutlari, xususiy donorlar, gumanitar tashkilotlar vakillari ishtirok etadi.

Muhokamalarda G‘azo infratuzilmasini qayta qurishga, Falastin ma’muriyati doirasidagi islohotlarga e’tibor qaratiladi.

Shuningdek, London G‘azo sektoriga 27 million dollarlik insonparvarlik yordami ko‘rsatishga va’da berdi. Bu mablag‘ YUNICYeF, Jahon oziq-ovqat dasturi va Norvegiya qochqinlar kengashi orqali hududni suv, sanitariya, ovqatlanish va gigiyena xizmatlari bilan ta’minlashga sarflanadi.

S.Rahimov, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Britaniya G‘azoni qayta qurish bo‘yicha xalqaro sammitga mezbonlik qiladi