O‘zbekiston Respublikasi Bojxona qo‘mitasida “Bojxona tizimida shaffoflikni ta’minlash va korrupsiyaga qarshi kurash” mavzusidagi seminar o‘z ishini boshladi.

Seminarning asosiy maqsadi — bojxona organlarida korrupsiyaga qarshi kurashish yo‘nalishida amalga oshirilayotgan islohotlar bilan tanishish, mavjud korrupsiyaviy omillarni bartaraf etish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish va tizimni yanada shaffof qilishdan iborat.

Ishtirokchilarga korrupsiyaga qarshi kurashish va halollikni ta’minlash bo‘yicha amaliy tavsiyalar berildi. Shuningdek, Bojxona qo‘mitasi mas’ul xodimlari tomonidan sohada amalga oshirilayotgan so‘nggi islohotlar yuzasidan taqdimot o‘tkazildi.

Missiya doirasida qo‘mita mutaxassislari Arusha deklaratsiyasining yangilangan 3-ilovasiga muvofiq so‘rovnomalarni to‘ldirish, yangi chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish hamda ekspertlar bilan hamkorlikda Bojxona tizimida shaffoflikni ta’minlash bo‘yicha konsolidatsiya rejasini muhokama qilishni rejalashtirishgan.

Seminar yakunlarida esa olingan bilimlar asosida amaliy qadamlar belgilanib, tizim faoliyatida shaffoflik va halollik tamoyillarini yanada kuchaytirish ko‘zda tutilgan.

Seminar ishi 16 oktyabrgacha davom etadi.

Sh.Mamaturopova, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Bojxonada halollik va shaffoflik uchun yangi dastur ishga tushdi