Rejali profilaktika ishlarini amalga oshirish maqsadida 14 ta bekatdan iborat «Texnopark – Qipchoq» bekatlari orasida metro poyezdlari harakati vaqtincha to‘xtatilgan edi.

Jahon tajribasidan kelib chiqqan holda, metro tizimida xavfsizlikni ta’minlash va sifatli xizmat ko‘rsatish maqsadida yerusti estakadalari hamda bekatlar ma’lum muddat foydalanilgandan so‘ng profilaktika tekshiruvi va ta’mirlash ishlari amalga oshiriladi.

Yerusti halqa yo‘li yo‘nalishida olib borilgan rejali profilaktika ishlari doirasida keng ko‘lamli tekshiruvlar o‘tkazilib, aniqlangan bir qator kamchiliklar bartaraf etildi. Xususan, yo‘l holati to‘g‘rilandi, nosoz shpallar almashtirildi, drenaj tizimi holati o‘rganildi, shag‘allar tekshiruvdan o‘tkazildi.

Bajarilgan ishlar yo‘lovchilar xavfsizligini ta’minlash hamda transport infratuzilmasini yanada takomillashtirishga qaratilgan.

Avvalroq ushbu yo‘nalishning taxminan 18 oktyabrda faoliyatini qayta boshlashi mumkinligi haqida ma’lum qilingan edi. Biroq, sinov jarayonlarini yanada takomillashtirish, poyezdlar harakatini oldingidan ikki barobar tezlashtirish va oraliq vaqt intervallarini qisqartirish maqsadida yo‘nalishning joriy yil 1 noyabr kuni atrofida ochilishi kutilmoqda.

Hozirda ushbu yo‘nalishda poyezdlar sinov tariqasida (yo‘lovchisiz) harakatlanmoqda. Sinov natijalari muvaffaqiyatli yakunlanib, barcha texnik talablar to‘liq tasdiqlangandan so‘ng, yo‘nalish yo‘lovchilar uchun o‘z faoliyatini qayta boshlaydi.

Hamroz Bayanov, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yerusti halqa yo‘li yaqin kunlarda yo‘lovchilar uchun ochiladi