Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti Qoraqalpog‘iston Respublikasining Nukus shahri bo‘limi va DXX xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda Ellikqal’a tumanida aniqlangan yashirin sexdan 2 mingdan ziyod qalbaki aksiz marka olindi.

Jumladan fuqarolar Sh.R. va S.K. “Mustaqillik” ovul fuqarolar yig‘ini hududidagi xonadonda yashirin ravishda qo‘lbola usulda alkogol mahsulotlari ishlab chiqarish bilan shug‘ullanib kelganligi aniqlandi. Tezkor tadbir davomida ulardan 2 ming 215 dona qalbaki aksiz marka, 1 ming 357 dona qopqoq, 2 ming 800 dona sellofan qadoq, 1 ming 539 dona lenta, 700 dona bo‘sh shisha idish, 205 dona qo‘lbola alkogol mahsuloti, 6 dona ampitsillin dori vositasi va ishlab chiqarishda foydalanilgan boshqa mahsulotlar ashyoviy dalil sifatida olindi.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Dovud Abibullayev, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yashirin sex fosh etildi