Mirjahon Muhammadov: Tarixiy g‘alabada mening hissam borligidan faxrlanaman! (+video)
Joriy yilning iyul oyida Dubayda bo‘lib o‘tgan 57-Xalqaro Kimyo Olimpiadasida O‘zbekiston jamoasi rekord natijaga erishdi. Jamoa a’zolari 2 ta oltin va 2 ta kumush medalni qo‘lga kiritib, mamlakat tarixidagi eng yaxshi natijani qayd etdi. Oltin medallarni Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab o‘quvchilari Daler Rahimov va Mirjahon Muhammadov qo‘lga kiritdi. Kumush medallar esa Toshkent viloyatining Olmaliq shahridagi Buxoro maktabi o‘quvchisi Ibrohim Temurov hamda Abu Ali ibn Sino maktabidan Biloliddin Zuhriddinovga nasib etdi. Bu g‘alaba O‘zbekistonning xalqaro fan olimpiadalaridagi yuksalib borayotgan salohiyatini yana bir bor ko‘rsatdi.
"Faxringman, Vatan!" loyihasining bugungi qahramoni 57-Xalqaro Kimyo Olimpiadasida oltin medallardan birini qo‘lga kiritgan - Mirjahon Muhammadov.
<iframe width="560" height="315" src="https://www.youtube.com/embed/zzNTLmpjC9g?si=BT0jQcSzzjLpWUrr" title="YouTube video player" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Muhayyo Turdaliyeva, Anvarxo‘ja Ahmedov, O‘zA