Birlashgan kurash dunyosi (UWW) rahbari Nenad Lalovich O‘zbekistonga keldi.
Martabali mehmonni poytaxt aeroportida O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligi, Milliy olimpiya qo‘mitasi va mamlakat sport kurashlari assotsiatsiyasi mutasaddilari kutib oldi.

Kutib olish marosimida aytib o‘tilganidek, xalqaro sport olamida taniqli bo‘lgan sport mutaxassisi, Xalqaro olimpiya qo‘mitasi a’zosi Lalovichning yurtimizga safari davomida mamlakatimizda Olimpiya harakati, xususan, sport kurashlari rivoji bo‘yicha olib borilayotgan ishlar bilan tanishishi, mamlakatimiz sport kurashlari rahbarlari bilan hamkorlik masalalari hamda jahon va qit’a chempionatlarini O‘zbekistonda o‘tkazish borasida fikr almashishi reja qilingan.
T.Ro‘ziyev, O‘zA