O‘zbekistonning Pokistondagi Favqulodda va muxtor elchisi Alisher To‘xtayev ikki davlat o‘rtasida qo‘shma korxonalar tashkil etish orqali o‘zaro savdo va sarmoya hajmini oshirish, xususan to‘qimachilik sohasini birgalikda rivojlantirish uchun ulkan salohiyat mavjudligini ta’kidladi. Bu haqda Pokiston axborot agentligi xabar bergan.

Pokiston to‘qimachilik fabrikalari uyushmasiga (APTMA) tashrifi chog‘ida diplomatimiz ushbu mamlakatdagi to‘qimachilik kompaniyalari vakillarini yurtimizda talab yuqori bo‘lgan sifatli mahsulotlarga talabini o‘rganishga chaqirdi. Ayniqsa diyorimizning arzon energiya va mo‘l paxta zaxirasi pokistonlik investorlar O‘zbekiston bozorida savdo va sarmoyani rivojlantirishi uchun jozibador imkoniyat yaratishini ta’kidladi.

Elchi ikki davlat o‘rtasida bozorga kirishni osonlashtirish bo‘yicha bir necha anglashuv memorandumi va kelishuv imzolanganini eslatdi. O‘zaro to‘g‘ridan-to‘g‘ri avia reyslar hozircha sayohat vaqtini 90 daqiqa qisqartirgan. Pokiston, Afg‘oniston va O‘zbekiston ishtirokidagi uch tomonlama tranzit savdosi bo‘yicha muzokara hal qiluvchi bosqichga kirgan. Kelishuvga erishilgach, savdo oqimi yanada tezlashadi. Karachi va Lahorda o‘zbek savdo markazlari ochilgan. Navbatdagi shunday maskan Islomobodda ishga tushiriladi.

A.To‘xtayev qayd etganidek, Pokiston va O‘zbekiston “raqobatchi emas, birodar davlatlar” va shu bois ikki tomonlama manfaat yo‘lida resurs, bilim va tajriba almashish lozim. U APTMA  delegatsiyasini O‘zbekistonga tashrif buyurish, ko‘rgazma va konferensiyalarda ishtirok etishga taklif qildi. Yaqin oylarda respublikamizning boshqa savdo delegatsiyalari ham ushbu qardosh o‘lkaga kelishini qo‘shimcha qildi.

APTMA raisi Komron Arshod o‘zaro savdodagi muammolar, jumladan rasmiy bank kanallari yo‘qligi, erkin savdo bitimini imzolash kechikayotgani, yorliqlashdagi til to‘sig‘i, Afg‘oniston tranzit yo‘nalishidagi muammo, Trans-Afg‘on temir yo‘li qurilishining sekin sur’atini qayd etdi. Imkoniyatlarni to‘liq ro‘yobga chiqarish uchun bank aloqalarini mustahkamlash, erkin savdo shartnomasini tezroq tuzish, savdo delegatsiyalari muntazam almashinuvini yo‘lga qo‘yish zarurligini ta’kidladi.

Hudud raisi Asad Shofiy delegatsiyaga Pokiston to‘qimachilik sanoati haqida ma’lumot berib, ko‘p asrlik aloqalarga qaramay, hozirgi o‘zaro tovar ayirboshlash hajmi bor-yo‘g‘i 125 million dollarni tashkil etishiga urg‘u berdi. Mamlakati “tikuv inqilobi” loyihasi doirasida to‘qimachilik eksportini 50 milliard dollarga yetkazishni ko‘zlayotganini aytib, O‘zbekistonni ayni jarayonda faol hamkorlik qilishga chaqirdi.

Muharrama Pirmatova, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Elchi: Pokiston va O‘zbekiston o‘zaro savdoni rivojlantirish uchun ulkan salohiyatga ega