7 oktyabr kuni jangarilar Afg‘oniston chegarasi yaqinida Pokiston harbiy karvoniga pistirma uyushtirib hujum qilgan, oqibatda 11 askar halok bo‘lgan edi. "Reuters" nashri yozishicha, bugun Pokiston harbiylari hujum uchun javobgarlikni zimmasiga olgan “Tehrik-e-Tolibon Pokiston” (TTP) guruhining 30 nafar jangarisi yo‘q qilingani haqida xabar tarqatdi.

Bundan tashqari Islom Respublikasi Hindiston jangarilarni qo‘llab-quvvatlayotgani, terrorchilik harakatlarini amalga oshirayotgan guruhlarni moliyalashtirayotgani haqida da’vo qilgan.

2007 yil Pokistonda tashkil etilgan TTP tashkilotining maqsadi radikal shariat qonunlariga asoslangan islom davlatini barpo etish. Guruh harbiy va fuqarolik ob’ektlariga uyushtirilgan ko‘plab hujumlar, jumladan teraktlar uchun javobgarlikni bo‘yniga olgan.

Tuzilmaga 2018 yildan buyon 46 yoshli Nur Vali Maqsud yetakchilik qilib keladi.

S.Rahimov, O‘zA.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Pokistonda harbiy karvonga hujum uchun mas’ul 30 jangari yo‘q qilindi