Sirdaryo viloyatining Mirzaobod tumanidagi Safarbarlik chaqiruv rezervi batalionida yosh harbiylarni vatanparvarlik, mas’uliyat, sadoqat va ma’naviy barkamollik ruhida tarbiyalash, ularda fuqarolik ongi hamda ijtimoiy faollikni kuchaytirish maqsadida ma’naviy-ma’rifiy suhbat tashkil etildi.

O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi Sirdaryo viloyati kengashi hamda Guliston shahar harbiy prokuraturasi hamkorligida o‘tkazilgan mazkur tadbirda safarbarlik chaqiruv rezervi xizmatchilari o‘rtasida qonuniylikni ta’minlash, axloqiy me’yorlarga rioya qilish va jamiyat manfaatini ustun qo‘yish masalalari muhokama qilindi.  Shuningdek, yoshlar o‘rtasida huquqbuzarlik va jinoyatchilikka qarshi kurashish, bu illatlarga olib keluvchi omillar — ishsizlik, ijtimoiy chetlanish, noto‘g‘ri muhit va onlayn tahdidlar haqida fikr almashildi.

Suhbat davomida bunday holatlarning oldini olish maqsadida profilaktik uchrashuvlar o‘tkazish, sport va ma’naviy tadbirlarda faol ishtirok etish, psixologik yordam xizmatlaridan samarali foydalanish tavsiya etildi.

Shuningdek, davlat fuqarolik xizmatchilari tomonidan odob-axloq qoidalariga qat’iy rioya etish, jamoada o‘zaro hurmat va shaxsiy intizomni saqlash, halollik va mas’uliyat tamoyillariga amal qilish, ijtimoiy tarmoqlarda mas’uliyatli xulqni namoyon etish zarurligi ta’kidlandi.

Ochiq muloqot shaklida o‘tgan suhbatda xizmatchilar o‘zlarini qiziqtirgan masalalar — huquq himoyasi, xizmatdagi intizom, shaxsiy mas’uliyat va jamoaviy muhitga oid savollar bilan murojaat qildilar. Mutaxassislar ularga aniq va amaliy tavsiyalar berishdi.

Tashkilotchilarning ta’kidlashicha, bunday ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar harbiy xizmatchilarda huquqiy madaniyat, vatanga sadoqat, axloqiy tarbiya va jamoaviy birdamlik hissini kuchaytiradi. Shuningdek, bu kabi davra suhbatlari yoshlarning mas’uliyatli fuqaro sifatida shakllanishiga hamda jamiyatdagi ijobiy muhitni mustahkamlashga xizmat qiladi.

G‘ulom Primov, O‘zA muxbiri

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yosh harbiylar bilan ma’naviy-ma’rifiy suhbat o‘tkazildi