Bugun, 11 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasining Chelyabinsk viloyatida ota-ona qaramog‘isiz qolgan O‘zbekiston fuqarolaridan iborat 5 nafar voyaga yetmagan bolalar Ijtimoiy himoya milliy agentligi, Ichki ishlar va Sog‘liqni saqlash vazirliklari xodimlari hamrohligida Yekaterinburg shahridan Toshkentga olib kelindi.
Ulardan 4 nafari vaqtincha Toshkent shahar IIBB huzuridagi Voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatish markaziga, keyinchalik oilaviy bolalar uylariga joylashtiriladi.
Yana bir bola esa dastlab bolalar uyiga, keyin esa oilaviy bolalar uyiga joylashtiriladi. Voyaga yetmagan ushbu bolaning ijtimoiy qo‘llab-quvvatlanishi uning keyingi yashash joyi bo‘yicha davom ettiriladi.
O‘zA