Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Fan, ta’lim, madaniyat, sport va yoshlar masalalari qo‘mitasi tomonidan Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining “Respublika byudjetidan ajratiladigan byudjet mablag‘laridan foydalanish, shuningdek, rivojlantirish dasturi maqsadli indikatorlarining bajarilish holati to‘g‘risida”gi axboroti eshitildi.

Axborotda keltirilishicha, 2025 yilning birinchi yarim yilligi holatiga ko‘ra, 38 mingdan ortiq maktabgacha ta’lim tashkilotlarida 2,4 milliondan ortiq bolalar ta’lim-tarbiya olmoqda. Ularning umumiy qamrov darajasi 77 foizga, 6 yoshli bolalarni qamrab olish ko‘rsatkichi esa 96 foizga yetgan.

Hisobot davrida 54 ta yangi bog‘cha qurilib, 6 ming 820 ta qo‘shimcha o‘rin yaratilgan. Davlat-xususiy sherikchilik asosida 51 ta, oilaviy nodavlat sektorda esa 505 ta yangi muassasa tashkil etilib, jami 26 ming 331 nafar bola uchun yangi o‘rinlar yaratilgan.

Olis va chekka hududlardagi bolalarni qamrab olish maqsadida 30 ta “Aqlvoy” avtobusi asosida 60 ta o‘yin maydonchasi tashkil etilib, 142 ta mobil guruh faoliyati yo‘lga qo‘yilgan.

Joriy yilning birinchi yarim yilligida 177 ming nafarga yaqin pedagoglar toifa sinovlarida, 4 ming 800 nafar stajyor-o‘qituvchi sertifikatlash sinovlarida ishtirok etgan. Shuningdek, "PISA 2025" tadqiqoti doirasida 8 ming 655 nafar o‘quvchi qatnashgan. “Vazir jamg‘armasi” hisobiga ko‘ra 1 000 nafar ilg‘or o‘qituvchiga har oylik ustama to‘lab borilyapti. 11-sinf bitiruvchilaridan 11,5 mingdan ortig‘iga oltin va 2 ming 475 nafariga kumush medal berilgan.

Deputatlar darsliklar ta’minoti masalasiga alohida e’tibor qaratdi. Hisobotda keltirilishicha, xalqaro tajribalar asosida 159 nomda 27,2 million nusxa darslik va o‘quv-metodik majmualar nashr etilib, maktablarga yetkazib berilmoqda.

“Bir million dasturchi” loyihasi doirasida “Coursera” platformasi orqali 330 ming nafar o‘quvchi ro‘yxatdan o‘tib, 325 ming nafari xalqaro sertifikatga ega bo‘lgan.

Xorijiy tilni bilish darajasini tasdiqlovchi sertifikatga ega o‘quvchi va o‘qituvchilar soni sezilarli darajada o‘sgan. Ikkinchi xorijiy tilni o‘rgatish amaliyoti 354 ta maktabda yo‘lga qo‘yilib, 94 ta maktabda kasb-hunar o‘rgatishga tadbirkorlar jalb etilgan.

“Kambag‘al oilalar reyestri”ga kiritilgan 229 ming 137 nafar bola bog‘chalarga imtiyozli qabul qilingan.

Muhokamalarda davlat byudjetidan ajratiladigan mablag‘lardan samarali foydalanish, maqsadli indikatorlar ijrosiga qaratilgan aniq chora-tadbirlarni muntazam amalga oshirish yuzasidan tegishli taklif va tavsiyalar berildi. Qisman bajarilgan yoki bajarilmay qolgan maqsadli indikator ko‘rsatkichlarining ijrosini nazoratga olish lozimligi qayd etildi.

M.Komilova,

O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining axboroti eshitildi