Ukrainadagi urush maydoni tobora texnologik xususiyat kasb etmoqda. Endi jang faqat askarlar va dronlar o‘rtasida kechayotgani yo‘q, sun’iy intellekt (AI) ham mojaroga faol aralashmoqda.

Mamlakat mudofaa kuchlari maslahatchisi Sergey Beskrestnov yaqinda qo‘lga olingan rus dronini o‘rganarkan, uchoq “odatiy uchuvchisiz vosita emas”ligini aniqladi.

– Bu dron nishonni o‘zi aniqlab, AI yordamida hujumni ham  mustaqil amalga oshirgan, – deydi mulozim. – Mazkur texnologiya kelajak uchun eng jiddiy tahdiddir.

Umuman, Rossiya va Ukraina so‘nggi yillarda sun’iy intellektni harbiy strategiyaga faol tatbiq etmoqda. AI hozir razvedka, hududni minadan tozalash, nishonni aniqlash va jang maydonidagi ma’lumotni tahlil qilishda qo‘llanmoqda.

Ukraina mudofaa vaziri o‘rinbosari Yuriy Mironenko aytishicha, har oy frontda olingan 50 000 ga yaqin video tasvir AI tizimi yordamida tahlil qilinadi:

– Sun’iy intellekt minglab ma’lumotni tezda qayta ishlash, dushman joylashuvini aniqlash va xaritaga joylashtirish imkonini beradi. Shu tariqa har qanday qaror tezkor qabul qilinadi, resurs tejaladi.

Bunday texnologiya nafaqat jang samaradorligini oshiradi, balki inson omili tufayli yo‘l qo‘yiladigan xatoni kamaytiradi. Natijada juda ko‘p inson – askarlar hayoti saqlab qolinadi.

Ukrainalik ishlab chiquvchilar ham ayni payt AI boshqaruvidagi dronlarni sinovdan o‘tkazmoqda. Nishonga bog‘lanib, so‘nggi bosqichni to‘liq mustaqil yakunlay oladigan bunday dronlarni to‘xtatish yoki urib tushirish, deyarli, ilojsiz.

Mahalliy “The Fourth Law” texnologiya kompaniyasi rahbari Yaroslav Agnyuk bunday uchoqlar tez orada shaxsiy tarkib sonini sezilarli darajada kamaytirishga asos bo‘lishini ta’kidladi:

–  Oddiy askar telefonidagi tugmani bosadi – dron nishonni topadi, zarba beradi, natijani baholaydi va bazaga qaytadi. Jarayonda hech qanday uchuvchilik malakasi kerak emas.

Mutaxassislar 2026 yilgacha Ukraina armiyasida minglab shunday tizim paydo bo‘lishini taxmin qilmoqda.

Afsuski, texnologiya yutuqlari axloqiy va xavfsizlik xavotirini kuchaytirayotgani ham bor gap. AI tizimi xatoga yo‘l qo‘yib, o‘z askarini dushman bilan adashtirishi mumkin. Shu bois ayrim kompaniyalar, masalan “DyevDroid” hozircha avtomat ravishda o‘q uzish funksiyasini yoqmagan.

– Texnologiya mavjud, lekin biz hali muayyan yangilikni to‘la ishonch bilan ishlata olmaymiz, – deydi kompaniya rahbari Vadim. – Avval frontda to‘planadigan tajribani tahlil qilish lozim.

Bundan tashqari xalqaro hamjamiyatda ham AI qurollari qonuniyligi va insonparvarlik me’yoriga muvofiqligi bo‘yicha bahs avj olmoqda.

Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy BMT minbaridan turib AI texnologiyasi nazoratsiz rivojlanayotganidan ogohlantirdi:

– Sun’iy intellekt insoniyat tarixidagi eng xavfli qurollanish poygasini boshlab berdi. Bu masala yadroviy qurol tarqalishini to‘xtatish kabi shoshilinch e’tibor talab qiladi.

Uning ta’kidlashicha, mazkur jarayonni xalqaro darajada boshqarish uchun global qoida va nazorat mexanizmi zarur.

Musulmon Ziyo, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Sun’iy intellekt frontda: Rossiya – Ukraina urushi yangi bosqichga o‘tdi