Davlatimiz rahbarining “2025 yilda respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Jamoat xavfsizligi universiteti professor-o‘qituvchilaridan iborat ishchi guruhlar biriktirilgan hududlarda bo‘lib, manzilli o‘rganish ishlarini amalga oshirmoqda.
Bunda universitetga biriktirilgan hududlarning qizil toifaga kirgan mahallalarida “Obod va xavfsiz mahalla”, “xonadonbay” va “fuqarobay” tamoyillari asosida manzilli o‘rganish ishlari amalga oshirildi. Joylarda har bir mahallaning qizil toifaga kirish sabab va sharoitlari, mazkur mahallalar hududida sodir etilgan har bir jinoyatning sabablari, "mahalla yettiligi"ning ijtimoiy profilaktikani samarali tashkil etish bo‘yicha faoliyati tanqidiy o‘rganildi. Qizil toifaga kirgan mahallalarning o‘ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqib, axborot tahliliy ma’lumotnomalar, ilmiy asoslangan taklif hamda tavsiyalar ishlab chiqildi.
Xususan, joriy yilning dastlabki yarim yilligida Uchtepa tumanida jami qizil toifadagi mahallalar 6 tani tashkil etgan bo‘lsa, bugungi kunda tumanda bu toifadagi mahallalar 1 tani tashkil etmoqda.
Jumladan, ishchi guruh tomonidan tumanning qizil toifaga kiritilgan Tinchlikobod mahallasi o‘rganildi. Ishchi guruh hamda "mahalla yettiligi" tomonidan qarorda belgilangan vazifalar bo‘yicha ishlar samarali tashkil etilgani, joriy yilning so‘nggi 6 oyi davomida mahalla hududida birorta jinoyat sodir etilmagani, mahallada jinoyatchilikka qarshi kurashish, huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish bo‘yicha ishlar tizimli yo‘lga qo‘yilgani quvonarli holat, albatta.
Shuningdek, ishchi guruh tomonidan tumandagi “Farhod” dehqon bozori hamda “O‘rikzor savdo kompleksi”dagi xavfsizlik tizimi, bozor hududida sodir etilgan jinoyatlar tahlili, jinoyatchilikka qarshi kurashish bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar ham o‘rganildi.
Jamoat xavfsizligi universiteti professor-o‘qituvchilari tomonidan berilgan ilmiy asoslantirilgan taklif va taviyalar asosida mahalla hamda bozorlarda “Xavfsiz yo‘lak”, “Salomatlik yo‘lagi”, “Tezkor navbatchilik 102 punkti”, “Ob’ekt doimiy qo‘riqlovda” va “Ob’ekt doimiy kuzatuvda” kabi loyihalar amalga oshirildi.
Mahalladagi qarovsiz, ovloq hududlarda obodonlashtirish, yoritish ishlari olib borilgani, savdo va xizmat ko‘rsatish ob’ektlari hamda xonadonlar qo‘riqlash xizmati tomonidan qo‘riqlovga olingani mahallalarda tinch-totuv, erkin va farovon hayot kechirilishining kafolati demak.
<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/QGsOL__lyNo" title="“Obod va xavfsiz mahalla” tamoyili asosida o‘rganish ishlari olib borilmoqda" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>N.Rahmonova, A.Ahmedov (montaj), O‘zA