-

Jahon banki e’lon qilgan “Yevropa va Markaziy Osiyo iqtisodiyoti: bandlik va farovonlik” hisobotida минтақа iqtisodiyotining ayrim tarmoqlarini rivojlantirish yo‘lidagi to‘siqlar bartaraf etilishi minglab yangi ish o‘rinlari yaratilishiga ko‘maklashib, iqtisodiy o‘sishni jadallashtirishga xizmat qilishi ta’kidlangan.

Hujjatda keltirilishicha, O‘zbekiston uchun ustuvor yo‘nalishlar kimyo sanoati, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari (AKT) xizmati va meva-sabzavotchilik hisoblanadi.

O‘zbekiston

Kimyo sanoatida raqobatbardoshlik va energiya samaradorligini oshirish ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, tartibga solish va nazorat funksiyalarini tijorat faoliyatidan ajratish, shuningdek kimyoviy mahsulotlarga subsidiya berish, narx chegarasi va eksport nazoratini bosqichma-bosqich bekor qilishga bog‘liq.

AKT sektorida salohiyat ulkan bo‘lsa-da, keng tarmoqli internet qamrovi va foydalanish imkoniyati yetarli emasligi bois ushbu soha rivoji biroz cheklanmoqda. Infratuzilmani yaxshilash va raqamli xizmatga sarmoyani ko‘paytirish orqali mavjud iqtisodiy salohiyatni yuzaga chiqarish mumkin.

Meva-sabzavotchilik sohasida xalqaro standart va sertifikatlashni joriy etish, eksportda oldindan to‘lov talabini bekor qilish hamda zamonaviy sug‘orish tizimiga qo‘shimcha sarmoya yo‘naltirish tavsiya etiladi. Shuningdek, qishloq xo‘jaligida ilmiy tadqiqot va innovatsiyani kuchaytirish orqali eksport salohiyatini oshirish mumkinligi qayd etilgan.

Hisobot mualliflari, Jahon bankining avvalgi hisobotlarida qayd etilganidek, aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan daromad bo‘yicha rivojlangan davlatlar darajasiga chiqish uchun O‘zbekiston tez va keng ko‘lamli iqtisodiy islohotlarni jadal davom ettirishi zarurligini ta’kidlamoqda.

Qozog‘iston

Qozog‘iston qishloq xo‘jaligida, ayniqsa, bug‘doy yetishtirish va chorvachilik mahsulotlarini qayta ishlash bo‘yicha foydalanilmagan imkoniyat saqlanib qolmoqda. Bu sohada qayta ishlash quvvatini oshirish orqali yangi ish o‘rinlari yaratish mumkin.

Qirg‘iziston

Qirg‘iziston kuchli suv-energetika salohiyatiga ega. Mamlakatda quyosh energetikasi tez sur’at bilan rivojlanmoqda. Shu bilan birga moliya, turizm va AKT sohalarida eksportga yo‘naltirilgan yangi xizmat turlari shakllanmoqda.

Tojikiston

Tojikiston uchun asosiy iqtisodiy imkoniyat – suv energetikasi resurslaridan samarali foydalanish, transport-logistika tizimini takomillashtirish va turizmni rivojlantirish hisoblanadi. Ayni yo‘nalishlar taraqqiyoti mamlakat tashqi savdo salohiyatini oshiradi, bandlikni ta’minlaydi.

Dilshod Hakimov tayyorladi.

O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Jahon banki O‘zbekiston iqtisodiyoti bo‘yicha prognoz berdi