2025 yil 8 oktyabr kuni Vazirlar Mahkamasining "Yoshlarni o‘quv markazlarida xorijiy tillarni oqish xarajatlari uchun subsidiya hamda markazlarini rag‘batlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” qarori qabul qilindi.

Unga ko‘ra, endilikda 14–30 yoshdagi yoshlar chet tillarini “2+6” dasturi orqali subsidiya asosida o‘rganish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Mazkur dastur doirasida ingliz, nemis, fransuz, yapon, koreys va xitoy tillarini o‘rganayotgan yoshlar uchun davlat tomonidan to‘lovning ma’lum qismi qoplab beriladi.

Dastur shartlariga ko‘ra, dastlabki ikki oy uchun to‘lov o‘quvchining o‘zi tomonidan amalga oshiriladi. Keyingi olti oy davomida esa to‘lovlar davomatga qarab davlat tomonidan quyidagi miqdorda subsidiya sifatida ajratiladi:

— Toshkent shahrida — oyiga 824 ming so‘mgacha (BHM × 2);

— Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyat markazlarida — 618 ming so‘mgacha (BHM × 1,5);

— Tuman va shaharlarda — 412 ming so‘mgacha (BHM × 1).

Subsidiya olish uchun ariza beruvchi tanlagan til bo‘yicha minimal darajadagi milliy yoki xalqaro sertifikatga ega bo‘lishi lozim. Shuningdek, har bir ishtirokchi faqat bitta til uchun subsidiya olishi mumkin.

Dastur doirasida har yili 20 ming nafargacha, 2025–2030-yillar davomida esa 100 ming nafargacha yoshni qo‘llab-quvvatlash rejalashtirilgan.

M Hojiakbarova, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Til o‘rganish xarajatlarining ma’lum qismi qoplab beriladi