Surxondaryo viloyati Angor tumanidagi “Angor-Agro Star” mas’uliyati cheklangan jamiyati ixtisoslashgan kompaniyasida qishloq xo‘jaligini rivojlantirish va eksport salohiyatini oshirish mavzuiga bag‘ishlangan seminar bo‘lib o‘tdi.

Fermerlar va tomorqa yer egalari ishtirok etgan tadbirda turkiyalik olim Muhammad Sedat, “O‘zagrostar Xolding” mas’uliyati cheklangan jamiyati boshqarma boshlig‘i Bahrom Yusufxonov, aksiyadorlik tijorat “Xalq banki” departamenti mudiri Sardor Hasanov va boshqa mutaxassislar qishloq xo‘jaligida talab yuqori bo‘lgan mahsulotlarni yetishtirish, saqlash va eksportga yo‘naltirish xususida atroflicha ma’lumot berdi.

Ayni paytda tumanda 145 dan ortiq tadbirkorlik sub’ekti 1 ming 465 gektar maydonda turli sabzavot va sarxil meva yetishtirmoqda. Joriy yilda mirishkorlar 45 ming 765 tonna hosil olishni rejalashtirgan. Yilning o‘tgan davrida Rossiya, Qozog‘iston, Belarus kabi davlatlarga 8,1 million dollar qiymatidagi meva-sabzavot eksport qilib, rejani 135 foizga bajardi. 

Seminarda tuproqdan eksportgacha bo‘lgan zanjir masalalari, jumladan, yer unumdorligini oshirish, yetishtirilgan mahsulotni sifatli saqlash, qayta ishlash va tashqi bozorga chiqarish yo‘llari haqida fikr almashildi. Ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga javob berildi.

Xolmo‘min Mamatrayimov, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Angorda talab yuqori eksportbop mahsulot parvarishlanadi