Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi Antoniu Guterrish Isroil va HAMAS o‘rtasidagi tinchlik kelishuvini olqishlab, tashkilot tomonlarni qo‘llab-quvvatlash va gumanitar yordamni ko‘paytirishga tayyorligini bildirdi.

Avvalroq AQSH Prezidenti Donald Tramp tegishli rejaning birinchi bosqichi amalga oshirish niyatiga erishilganini ma’lum qilgandi. Bitimga ko‘ra,  Falastin harakati garovga olinganlarni ozod qiladi, Isroil esa qo‘shinini hududdan to‘liq olib chiqib ketadi.

- Tramp tomonidan ilgari surilgan taklif asosida G‘azoda o‘t ochishni to‘xtatish va garovga olinganlarni ozod qilish bo‘yicha kelishuv e’lon qilinishini olqishlayman, - dedi Guterrish. - BMT bitim sharti to‘liq bajarilishi, gumanitar yordam ko‘paytirilishi va G‘azoni qayta qurish boshlanishini qo‘llab-quvvatlaydi. Barcha manfaatdor tomonlarni ishg‘olni tugatish, Falastin xalqining o‘z taqdirini o‘zi belgilash huquqini tan olish, isroillik va falastinliklarga tinch, xavfsiz yashash imkonini beradigan ikki davlat yechimiga erishish yo‘lida ishonchli siyosiy tizim yaratish uchun ushbu qulay imkoniyatdan foydalanishga chaqiraman. Bu boradagi manfaatlar har qachongidan ham yuqori.

S.Rahimov, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
BMT Bosh kotibi Isroil va HAMAS kelishuvini olqishladi