O‘quv yili boshlanishi bilan Oliy dargoh mas’ullarining eng asosiy vazifasi yangi qabul qilingan va o‘qiyotgan har bir talaba o‘zining turar joyiga ega bo‘lishini nazorat qilishdir.

Zero, yashash manzili aniq bo‘lgan talabagina, bor diqqat e’tiborini o‘qishga qarata oladi. Samarqand veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universitetining Toshkent filialida yangi o‘quv yilida talabalarni turar joy bilan ta’minlash bo‘yicha keng qamrovli va tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.

Ma’lumot uchun, 2024-2025-o‘quv yilida jami 2671 nafar talabalar tahsil olishmoqda. Undan bakalavriat bosqichining kunduzgi ta’lim shaklida 852 nafar, kechki ta’lim shaklida 323 nafar, sirtqi ta’lim shaklida 1466 nafar talabalar tahsil olishayotgan bo‘lsa, 30 nafar talaba magistratura mutaxassisliklarida ta’lim jarayonlarini davom ettirmoqda.

Bugungi lavhamizda Universitet mas’ullari bilan oliy ta’lim muassasalarida ta’lim olayotgan talabalarning ijara xonadonlaridagi yashash sharoitlari bilan yaqindan tanishdik.

Samarqand veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universitetining Toshkent filialida turar joy masalalari bo‘yicha talabalar va ota-onalarga maslahat berish, ijara shartnomalarini rasmiylashtirish bo‘yicha ko‘maklashish, mavjud muammolarni o‘z vaqtida hal qilishda yordam ko‘rsatmoqda. Shuningdek, Universitet rahbariyati talabalar turar joyi va ijaraga oid muammolarni hal etishda doimiy monitoring olib borishni, qo‘shimcha imkoniyatlarni shakllantirishni va kelgusida yangi infratuzilma loyihalarini amalga oshirishni rejalashtirgan. Mazkur chora-tadbirlar yangi o‘quv yilida talabalarning qulay yashashi, samarali ta’lim olishi va ijtimoiy muhitga tez moslashishi uchun muhim omil bo‘lib xizmat qiladi.

<iframe width="640" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/faAgFc09Bd8" title="Talabalarni turar joy bilan ta’minlash masalasi doimiy nazoratda" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

Muhayyo Turdaliyeva, 

Nishonboy Abduvoitov O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Talabalarni turar joy bilan ta’minlash masalasi doimiy nazoratda (+video)