Milliy statistika qo‘mitasining ma’lumotlariga ko‘ra, 2025 yilning yanvar–avgust oylarida O‘zbekiston qishloq joylarida yashovchilarning 93,9 foizi internetdan foydalangan.
Shu davrda shahar aholisi orasida bu ko‘rsatkich 94,3 foizni tashkil etgan.
Yillar kesimida qishloq joylarda internet foydalanuvchilari ulushi:
2021 yil – 72,3 %
2022 yil – 81,8 %
2023 yil – 87,6 %
2024 yil – 92,6 %
2025 yil (yanvar–avgust) – 93,9 %
Shahar joylarda internet foydalanuvchilari ulushi:
2021 yil – 79,4 %
2022 yil – 86,1 %
2023 yil – 90,4 %
2024 yil – 94,0 %
2025 yil (yanvar–avgust) – 94,3 %
Ma’lumotlardan ko‘rinib turibdiki, so‘nggi to‘rt yil ichida qishloq aholisi orasida internet foydalanuvchilari ulushi qariyb 22 foizga o‘sgan.
Hamroz Bayanov,
O‘zA