O‘tgan yili Kimyo xalqaro olimpiadasida o‘quvchilari bilan yuqori o‘rinlarni egallaganligi uchun sal kam milliard mukofot puliga ega bo‘lgan "millioner ustoz" Mohira Boltaboyeva yodingizdami? Bu safar u o‘zi va o‘quvchilari erishgan natijalarni yanada yangilab, yurtimiz uchun yangi "rekord"ga erishdi.
Bu yil O‘zbekiston tarixida birinchi marta Xalqaro kimyo olimpiadasida Mohira Boltaboyevaning ikki o‘quvchisi oltin medal, yana ikki nafari kumush medallarga ega bo‘ldi. Bunda O‘zbekiston 91 davlatdan 6 chi o‘rinda turgani har bir o‘zbekka faxr beradi.
"O‘zbegoyim" loyihasining bu galgi qahramoni yosh bo‘lishiga qaramasdan o‘z bilimini o‘quvchilar bilan baham ko‘rib, ularni yuqori natijaga olib chiqayotgan ustoz - Mohira Boltaboyeva.
Bugungi lavhamizda Mohira bilan "ustoz" bo‘lishning mashaqqatli va mas’uliyatli faoliyati, "yuqori natijalar"ning ortidagi tinimsiz mehnat va kelajakdagi maqsadlari haqida suhbatlashdik.
<iframe width="798" height="449" src="https://www.youtube.com/embed/0jvcwZUq54w" title=""Milliarder" o`qituvchi" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Muhayyo Turdaliyeva, Nishonboy Abduvoitov (video), O‘zA