Mamlakatimizda tabiiy resurslardan samarali foydalanish va energiya manbalarini hisobga olish tizimini takomillashtirish bo‘yicha qat’iy choralar ko‘rilmoqda.

Ayniqsa, gaz ta’minoti sohasida noqonuniy foydalanish holatlariga qarshi kurashish, qonunbuzarliklarning oldini olish va iqtisodiy zararni kamaytirish ustuvor vazifalardan biridir. 

Shu ishlar doirasida Farg‘ona viloyati So‘x tumanida “Hududgaz Farg‘ona” GTF komplayens nazorat tuzilmalari, gaz ta’minoti bo‘limi xodimlari hamda huquq-tartibot organlari hamkorligida o‘tkazilgan navbatdagi nazorat tadbiri davomida yirik miqdorda tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holati aniqlandi. 

Unda ma’lum bo‘lishicha, mazkur tumanda “G. O. O.” MCHJga qarashli AGTKSHda xatlov o‘tkazilganda gaz hisoblash uskunasiga o‘rnatilgan bir martalik tamg‘a uzilgan va tabiiy gazdan o‘g‘rincha foydalanilgan. 

Holat bo‘yicha dalolatnoma tuzilib, qayta hisob-kitob amalga oshirildi va 9 milliard 757 million so‘m zarar hisoblandi. 

“Hududgazta’minot” AJ axborot xizmatiga ko‘ra,  ushbu vaziyatga doir barcha hujjatlar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga topshirilgan.

N.Ziyodullayeva tayyorladi,

O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Noqonuniy holat tufayli AGTKSHga 9 milliard 757 million so‘m zarar hisoblandi