Ijtimoiy tarmoqlarda fuqarolarning kartalaridan metro uchun mablag‘ yechib olinayotgani haqida xabarlar tarqaldi. Mazkur holat bo‘yicha kompaniya rasmiy munosabat bildirdi.
Rasmiy bayonotda qayd etilishicha, Toshkent metropolitenining «Buyuk Ipak yo‘li» bekatidagi 1 vestibyulda o‘rnatilgan to‘lov qurilmalari orqali 16-30 sentyabr oralig‘ida o‘tkazilgan to‘lovlar texnik sabablarga ko‘ra o‘z vaqtida qayta ishlanmagani tufayli hozirgi kunda kartalardan ushbu vaqt oralig‘idagi to‘lovlar kartalar hisobidan yechib olinish jarayoni ketmoqda.
Shuningdek, bayonotda bunda hech qanday ortiqcha yoki noto‘g‘ri yechimlar amalga oshirilmayotgani, mablag‘lar faqat belgilangan davrda yo‘lovchilar tomonidan amalga oshirilgan haqiqiy safarlar uchun ushlab qolinayotgani qayd etilgan.
Sh.Mamaturopova, O‘zA