Ispaniya poytaxti Madrid shahri markazida qayta tiklanayotgan olti qavatli bino qulab tushdi. Natijada to‘rt kishi halok bo‘ldi, uch nafar odam yaralandi. Bir ishchining oyog‘i singan, boshqalar yengil jarohat olgan.

Hodisa kecha tush payti, Plasa-Mayor maydoni yaqinida sodir bo‘lgan. Guvohlar xuddi portlashga o‘xshash kuchli ovoz eshitilgani, keyin qalin to‘zon hosil bo‘lganini aytgan.

Qutqaruvchilar vayrona ostidan avval ikki qurbonni, keyin uchinchi va to‘rtinchi jasadni chiqarib olgan – bir ayol, uch erkak. Ular mahalliy ANKA qurilish kompaniyasida rasman ishlayotgan Mali, Gvineya va Ekvador fuqarolari edi.

Madrid shahri hokimi Xose Luis Martines-Almeyda bildirishicha, oltinchi qavat shifti qulagan va inshootning bir qismi cho‘kkan. Shuningdek, mulozim qurilish fevraldan beri qonuniy ruxsat asosida olib borilganini qo‘shimcha qilgan.

1965 yil qurilgan bu bino to‘rt yulduzli mehmonxonaga aylantirilishi rejalashtirilgan edi. Hodisa sababi aniqlanyapti. Qidiruv ishlari hali to‘liq yakunlanmagan.

D.Hakimov, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Madridda bino qulashi oqibatida to‘rt kishi halok bo‘ldi