Choy — insoniyat tomonidan qadimdan sevib ichiladigan, madaniyat va an’analar bilan chambarchas bog‘liq ichimlikdir. Choyning yaratilishi tarixi Xitoyga borib taqaladi. Bir piyola xushbo‘y choy ortida esa katta mehnat, bilim va tajriba yotadi.

Xitoyning Szyan shahriga sayohatimiz chog‘ida choy ishlab chiqarish jarayoni bilan yaqindan tanishdik. Soha vakillarining so‘zlariga ko‘ra, choy mahsulotini tayyorlashda eng muhim bosqich bu xom ashyoni, ya’ni choy bargini to‘g‘ri tanlashdir. Har bir nav ta’mi, rangi va xushbo‘yligi bilan farq qiladi. Masalan, yashil choy tez quritiladi, qora choy esa fermentatsiya jarayonidan o‘tadi.

Choy bargini yig‘ish juda katta vaqt talab etadi. Ertalab, qoyada yomg‘irdan keyingi soatlarda yig‘ilgan barglarda efir moylari ko‘p bo‘ladi, bu esa choyning mazasini yanada boyitadi. Barglar yig‘ilgandan so‘ng ularni maxsus sharoitda quritish kerak. Quritish vaqtida harorat, namlik va havo aylanishi to‘g‘ri nazorat qilinmasa, choyning tabiiy mazasi yo‘qolishi mumkin. Fermentatsiya esa choyga o‘ziga xos rang va ta’m beradi.

Choyni sifatli qilib qadoqlash ham juda muhim. U havo va namlikdan himoyalangan holda saqlanishi kerak. Bu jarayonda tabiiy moddalarni saqlab qolish uchun germetik idishlar ishlatiladi. Szyanliklar choy ishlab chiqarish — bu faqat sanoat emas, balki san’atdir. Uning siri esa tabiat ne’matini to‘g‘ri ishlash, an’analarni asrash va mehr bilan xizmat qilishda, deya baholashadi.

Xitoy choy ishlab chiqarish bo‘yicha dunyoda 1-o‘rinda turadi. Mazkur davlatda har yili 3 million tonnadan ortiq choy yetishtiriladi. Uning katta qismi ichki bozorda iste’mol qilinadi, qolgan qismi esa eksport qilinadi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Xitoyda so‘nggi yillarda organik va premium choylarga talab keskin oshgan. Eksport choylari asosan yuqori sifatli va tabiiy usulda ishlangan bo‘ladi. O‘tgan 2024 yilning o‘zida Xitoy choy eksportining qiymati 2 milliard AQSH dollaridan ortiq bo‘lgan. Aslida choy nafaqat Xitoyda, balki aksariyat davlatlarda mehmondo‘stlik va samimiy uchrashuvlarning ramzi hisoblanadi.

<iframe width="640" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/lLzFh5wW9XI" title="Bir piyola choy mehr va samimiyat belgisi aslida" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

Muhayyo Toshqorayeva,

 Iskandar Ismatov, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Bir piyola choy mehr va samimiyat belgisi aslida (+video)