Toshkent singari seysmik xavf yuqori bo‘lgan shaharlarda yer osti inshootlari qanchalik samarali va xavfsiz?

Bugungi kunda yer ostida qurilish ishlariga qiziqish butun dunyoda ortib bormoqda. Sababi shaharlar tobora zichlashayotgan bir paytda yer ostidagi imkoniyatlarga yangi yechim sifatida qaralmoqda.

Xo‘sh, O‘zbekiston ham yer ostida qurilishni yo‘lga qo‘ya oladimi? Mavzuning dolzarbligini hisobga olib sohada ko‘p yillik tajribaga ega bo‘lgan olim, Fanlar akademiyasi Muhammad  O‘rozboyev nomidagi Mexanika va inshootlar seysmik mustahkamligi instituti direktori, fizika-matematika fanlari  doktori, professor Karim Sultonov bilan suhbatlashdik.

– Yer osti binolarini qurishda seysmik omil yer usti binolariga nisbatan qay darajada ahamiyatli? 

– Dunyo amaliyotiga nazar tashlasak, yer ostidagi inshootlar – avtomobil turargohlari, savdo markazlari, omborlar qurilishi juda keng qo‘llaniladi. Bu tajriba Yevropada ham, Amerikada, hattoki, katta hududga ega Rossiyada ham samarali yo‘lga qo‘yilgan. Chunki ayrim davlatlarda yer osti inshootlariga ehtiyoj tabiiy ravishda vujudga keladi. Masalan, gazni yer ostida saqlash omborlari Yevropada keng tarqalgan. Yoz faslida gaz sarfi kamayadi, shuning uchun u yer ostida to‘planib, qishda ishlatiladi. Shuningdek, mahsulotlarni ham yer ostida saqlash ko‘p holatda foydali. Chunki u yerda harorat barqaror, energiya sarfi kam va yo‘qotish ehtimoli past bo‘ladi.

Yer usti binolarida asosiy xavf – zilzila vaqtidagi tebranish. Agar bino tebranish chastotasi kelayotgan seysmik to‘lqin chastotasi bilan mos kelib qolsa, rezonans hodisasi yuz beradi. Bu holatda tebranish amplitudasi keskin oshib, binoning yemirilish xavfi kuchayadi. Shu bois, yer usti binolarini rezonans ta’siridan himoya qilish va tebranish amplitudasini kamaytirish mexanizmlari ishlab chiqiladi.

Yer osti inshootlarida esa vaziyat boshqacharoq. Ular tuproq qatlami ichida joylashgani sababli rezonans holati deyarli kuzatilmaydi. Ammo bunday binolarda asosiy masala tuproq va inshootning o‘zaro ta’siridir. Yer qimirlaganda tuproq bilan inshoot birgalikda harakat qiladi va bu o‘zaro ta’sir natijasida katta kuchlar hosil bo‘ladi. Shu kuchlarga inshoot chiday olishi lozim.

– Misol uchun, Toshkent yoki boshqa shaharlarda kelgusida yer osti binolari qaysi sohalarda ko‘proq qurilishi mumkin?

–  Toshkentda birinchi yer osti inshooti – metropoliten qurilib, 1977 yilda ishga tushirilgan. Metropoliten ikki xil holatda barpo etiladi: birinchisi, oldindan rejalashtirilgan yangi shahar hududida, ikkinchisi, tayyor shahar ichida. Masalan, Toshkentda metropoliten tayyor shaharga qurilgan, xuddi shunday holat Moskva yoki Nyu-Yorkda ham kuzatilgan.

Aytish kerakki, hozirgi kunda mamlakatimiz rahbarlari tomonidan yangi hududlar ajratilib, “Yangi O‘zbekiston” nomi bilan qurilishlar amalga oshirilyapti. Ana shu yangi hududlarda yer osti inshootlarini qurish imkoniyati ancha katta, chunki bu yerlarda barcha ishlar oldindan rejalashtiriladi va texnik me’yorlar asosida tashkil etiladi.

Toshkentda bunday inshootlar quriladigan bo‘lsa, ular asosan yangi qurilayotgan binolar hududida bo‘ladi. Yer osti inshootlarini qurishni tayyor kvartallarda emas, balki yangi barpo etilayotgan hududlarda amalga oshirish ham fan nuqtai nazaridan, ham aholi manfaatlari nuqtai nazaridan eng to‘g‘ri va foydali yo‘l hisoblanadi.

–  Toshkent singari seysmik xavf yuqori bo‘lgan shaharlarda yer osti inshootlari qanchalik samarali va xavfsiz?

– Bu masalada ikkita muhim jihat bor. Birinchisi, seysmik xavf mavjud yoki mavjud bo‘lmagan hududlarning farqi. Masalan, Angliya yoki Germaniya kabi  davlatlarda seysmik xavf darajasi past, deyarli yo‘q. Ammo Italiya, Ispaniya, Portugaliya singari mamlakatlarda zilzila xavfi ancha yuqori.

Albatta, xavf past bo‘lgan hududlarda yer osti inshootlarining xavfsizligini ta’minlash osonroq bo‘ladi. Bu yerda ikkinchi muhim jihat iqtisodiy va ijtimoiy samaradorlikdir. Ya’ni seysmik mustahkamlikni ta’minlash orqali yer qimirlagan paytda inshoot vayron bo‘lmasa, odamlar va moddiy boyliklar saqlanib qolsa, ana shu holatning o‘zi eng katta iqtisodiy va ijtimoiy samara hisoblanadi.

Shuning uchun ham bu jarayondagi uchta asosiy guruh: loyihachilar, ekspertiza mutaxassislari va quruvchilar o‘zaro uzviy bog‘liq holda ishlashi lozim. 

–  Sizningcha, yer osti binosini qurishda ko‘proq nimalarni hisobga olish kerak?

– Eng avvalo, yer osti binolarini qurishda bir qator muhim omillar hisobga olinishi lozim. Masalan, Toshkentdagi yer osti metropolitenining chuqurligi taxminan 40 metrni tashkil etadi. Men o‘sha paytda metropoliten qurilishi jarayoni ketayotgan davrda institutda ishlaganman, shu bois bu jarayonlarni o‘z ko‘zim bilan ko‘rganman.

Eng katta muammolardan biri – yer osti suvlarining tez chiqib ketishi. Shuning uchun yer osti inshootini qurishda birinchi navbatda yer osti suvlarining qanchalik yaqinligi va ularning mavsumiy o‘zgarishini, ya’ni yilning turli fasllarida ko‘tarilishi yoki pasayishini hisobga olish juda muhim.

Ikkinchi muhim omil – qurilish olib boriladigan hududdagi tuproqning xususiyatlari. Masalan, O‘zbekiston hududida asosan “lyussimon” deb ataladigan tuproqlar keng tarqalgan. Bu turdagi tuproqlar suv tegishi bilan o‘zining mustahkamligini yo‘qotishni boshlaydi. Ya’ni, agar suv kirsa, bunday tuproq suyuqlanib, barqarorlikni yo‘qotadi. Shu bois, tuproq yetarli darajada mustahkam bo‘lishi kerak.

– Agar kuchli zilzila sodir bo‘lsa, yer osti inshootlari yer usti binolariga nisbatan qanchalik barqaror tura oladi?

– Albatta, bu masalada dunyo tajribasi juda katta ahamiyatga ega. Kuchli zilzilalar bo‘lgan hududlarda, masalan Turkiyada, AQSHning San-Fransisko shahrida, Yaponiyada o‘tkazilgan kuzatuvlar shuni ko‘rsatadiki, yer osti inshootlari yer usti binolariga nisbatan ancha barqaror tura oladi. Agar barcha hisob-kitoblar to‘g‘ri qilingan, loyiha ilmiy asosda ishlab chiqilgan va qurilish sifatli bajarilgan bo‘lsa, yer osti inshootlari nafaqat moddiy jihatdan, balki odamlarning xavfsizligini ta’minlash nuqtai nazaridan ham katta ahamiyat kasb etadi.

Toshkent metropoliteni qurilayotgan davrda ana shu jihatlar hisobga olingan. U faqat transport tizimi sifatida emas, balki zarurat tug‘ilganda odamlarning xavfsizligini ta’minlaydigan inshoot sifatida ham qurilgan. Men qurilish paytida, qurilishdan keyin metropolitenning yer osti qismlaridan bir necha marotaba piyoda o‘tganman. Shu tajribamga tayangan holda aytish mumkinki, uning mustahkamligi yuqori darajada ta’minlangan.

– Yer osti binolaridan foydalanish odamlar psixologiyasiga ham ta’sir qiladimi? Masalan, uzoq vaqt yer ostida bo‘lish salbiy holat tug‘dirmaydimi?

– Albatta, ta’sir qiladi. Bu tabiiy holat. O‘zingiz o‘ylang, ochiq havoda yurib, kenglikda yashash bilan yer ostida yoki yuqori qavatlarda bo‘lish – inson psixologiyasi uchun turlicha ta’sir qiladi. Masalan, 30 qavatli binoda yashash ham odam ruhiyatiga ta’sir etadi, faqat u vaqt o‘tishi bilan bora-bora o‘rganib ketadi.

Yaponlarda bu boradagi madaniyat ancha rivojlangan. Ular bolalikdan, bog‘chadan boshlab odamlarga “hech narsa bo‘lmaydi, bizning binolar xavfsiz” degan ishonchni singdirib borishadi. Shu bois u yerda zilzila bo‘lganida ham odamlar haddan ortiq xavotirga tushmaydi. Bizda esa hali bunday psixologik tayyorgarlik yetarli emas.

– Jamoat joylari: teatr, muzey yoki savdo markazlari yer ostida qurilsa, odamlar bunga qanchalik ko‘nikishi mumkin?

– Menimcha, odamlar bunga juda tez ko‘nikib ketadi. Sababi shundaki, agar yer ustidagi va yer ostidagi sharoit bir xil darajada qulay bo‘lsa, inson uchun joyning qayerdaligi muhim bo‘lmay qoladi. Bu yerda eng asosiy masala – havo va mikroklimat.

Oddiy bir misol, yozning issiq kunlarida ko‘pchilik metropolitenga tushgisi keladi, chunki u yerda salqinlik va ozodalik bor. Yer ustida 40 daraja issiq bo‘lsa, yer ostida 20 daraja atrofida bo‘ladi. Shu sababli odamlar bunday muhitni yoqimli his qiladi va tez ko‘nikib ketadi.

Shuning uchun bunday inshootlarda hammasi o‘ylangan bo‘lishi kerak: havo almashinuvi, harorat, yorug‘lik, interer, xavfsizlik. Agar bu sharoitlar ta’minlansa, odamlar juda tez moslashib ketadi. Albatta, odamlar har xil, ba’zilari tez ko‘nikadi, ba’zilariga vaqt kerak bo‘ladi, lekin umuman olganda bu muammo emas.

– Yer osti binolarini qurish yer usti binolariga nisbatan qimmatmi? Agar qimmat bo‘lsa, qaysi jihatlarda xarajat yuqori?

– Albatta, yer osti binolarini qurish qimmatga tushadi. Yer osti binolari asosan ikki xil: ochiq  va yopiq usulda quriladi.

Ochiq usulda qurish nisbatan osonroq. Avvalo, yer ochib olinadi, keyin shu joyda qurilish ishlari bajariladi va oxirida usti yopiladi. Bu usul asosan chuqurligi unchalik katta bo‘lmagan binolarga qo‘llaniladi. Ammo agar quriladigan inshoot 50 metr chuqurlikda bo‘lsa, ochiq usul bilan qurishning iloji yo‘q. Bunday holda albatta, yopiq usulda qurish talab etiladi.

Yopiq usulda qurilish ishlari yerni qazib kirgan holda, to‘liq yer ostida amalga oshiriladi. Bu esa ancha murakkab va ochiq usulga nisbatan qimmatroq hisoblanadi. Chunki bu jarayonda qazish, mustahkamlash, izolyatsiya va xavfsizlik ishlariga katta mablag‘ ketadi. 

Umuman olganda, yer osti inshootlari – savdo markazimi, metropolitenmi, gazoprovod yoki boshqa kommunikatsiya tizimlarimi, barchasining qurilishi yer usti binolariga nisbatan 2-3 baravar qimmatga tushadi. Shunday bo‘lsa-da, yer osti binolarini qurishga ehtiyoj bor. Chunki bu, avvalo, odamlarning xavfsizligini ta’minlaydigan muhim omil hisoblanadi.

– Xalqaro tajribada qaysi davlatlar yer osti binolaridan samarali foydalanmoqda? Bizning mutaxassislar ulardan nimalarni o‘rganishlari mumkin?

– Yer osti binolaridan samarali foydalanayotgan davlatlar orasida Amerika Qo‘shma Shtatlari alohida o‘rin tutadi. Bu mamlakatda yer osti inshootlaridan ikki asosiy maqsadda foydalaniladi: birinchisi, aholini yadro xavfidan himoya qilish, ikkinchisi, yer ostidan samarali foydalanish orqali shahar infratuzilmasini rivojlantirish. Shu yo‘nalishda ularda katta tajriba to‘plangan. Ayniqsa, qurilish texnologiyalari va loyihalash ishlari yuqori darajada yo‘lga qo‘yilgan.

Biz ularning qurilish texnologiyalari, zamonaviy materiallardan foydalanish, seysmik mustahkamlikni ta’minlash va loyihalash sohalaridagi tajribasini o‘rganishimiz lozim. 

Bu sohada to‘liq samaraga erishish uchun ilmiy laboratoriyalar, loyihalash tashkilotlari va maxsus qurilish kompaniyalarini tashkil etish zarur. Hozirgi paytda bizda bu yo‘nalishdagi ishlar hali yetarli darajada yo‘lga qo‘yilmagan. Shuning uchun ilg‘or davlatlar tajribasini o‘rganish juda muhim.

Nigora Rahmonova suhbatlashdi, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekiston yer ostida binolar qurishga tayyormi?