Oliy Majlis Senatida Xotin-qizlarning jamiyatdagi rolini oshirish, gender tenglik va oila masalalari bo‘yicha respublika komissiyasining majlisi bo‘lib o‘tdi.

Komissiya raisi Tanzila Norboyeva olib borgan majlisda 2030 yilga qadar O‘zbekiston Respublikasida gender tenglikka erishish strategiyasi ijro etilishi chuqur tanqidiy muhokama qilindi.

T.Norboyeva davlatimiz rahbari boshchiligida xotin-qizlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, faolligini oshirish, ularning salohiyatini ro‘yobga chiqarish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilayotganini ta’kidladi. Ayniqsa, xotin-qizlarning manfaatini himoya qilishning qonunchilik va institutsional negizini mustahkamlash yo‘lida muhim choralar ko‘rilmoqda.

Ushbu yo‘nalishda 200 dan ortiq kompleks chora-tadbirlar izchil ravishda amalga oshirilib, natijada xotin-qizlarning jamiyatdagi o‘rni va nufuzi sezilarli darajada mustahkamlandi.

Jumladan, oliy ta’limning bakalavr bosqichida xotin-qizlar ulushi 38 foizdan 53 foizgacha o‘sdi. Magistratura bosqichida bu ko‘rsatkich 34 foizdan 66 foizgacha ko‘tarildi. Doktoranturada ta’lim olayotgan xotin-qizlar soni esa 584 nafardan 4 ming 129 nafarga yetdi.

Ayniqsa, iqtisodiyot tarmoqlarida ayollarning faolligi ortib, tadbirkorlik bilan shug‘ullanayotgan ayollar soni 69 ming nafardan 262 ming nafargacha ko‘paydi.

Siyosiy sohada xotin-qizlarning ulushi sezilarli darajada oshdi. Xususan, siyosiy partiyalardagi xotin-qizlar ulushi 30 foizdan 41 foizga yetdi, parlamentdagi ulushi esa 16,4 foizdan 34 foizgacha otdi.

Parlamentlararo Ittifoq tomonidan yuritiladigan “Parlamentdagi ayollar” reytingida O‘zbekiston 193 mamlakat orasida 130-o‘rindan 38-o‘ringa (92 pog‘ona) ko‘tarildi. Jahon bankining gender tenglik sohasidagi so‘nggi hisobotida O‘zbekiston dunyodagi eng tez rivojlanayotgan 5 mamlakat qatorida qayd etildi.

Majlisda O‘zbekiston Respublikasining milliy manfaatlariga mos keladigan xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlarni yaratishga qaratilgan xalqaro shartnomalarni ratifikatsiya qilish, ayollar tadbirkorligini yanada rivojlantirish orqali ularning bandligini ta’minlash, zo‘ravonlik va tazyiq holatlarining oldini olish hamda boshqa muhim masalalar muhokama qilindi.

Majlisda mutasaddilarga Gender tenglikka erishish strategiyasini 2026 yilda amalga oshirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqish bo‘yicha topshiriq berildi.

Dasturda davlat fuqarolik xizmatida va milliy kadrlar zaxirasida xotin-qizlar ulushini oshirish, ta’lim hamda axborot  texnologiyalari sohalarida xotin-qizlar ishtirokini oshirish, ularning raqamli ko‘nikmalarini rivojlantirish, iqtisodiy imkoniyatlarni kengaytirish va tadbirkorlikni rivojlantirish, tazyiq va zo‘ravonlikning oldini olish mexanizmlarini kuchaytirishga oid masalalarga alohida e’tibor qaratish vazifasi belgilandi.

Majlisda joriy yilning 25 noyabridan 10 dekabrigacha o‘tkazilishi rejalashtirilayotgan “Zo‘ravonlikka qarshi 16 kun” xalqaro aksiyasini samarali tashkil etish masalalari ham muhokama qilindi. Aksiya doirasida aholi o‘rtasida zo‘ravonlikka qarshi kurashish, gender tenglikni targ‘ib qilish va xotin-qizlar huquqlarini himoya qilishga qaratilgan keng ko‘lamli tadbirlar o‘tkazish rejalashtirilgani ta’kidlandi.

Majlisda respublika va mahalliy ijro organlari mutasaddilarining axboroti eshitilib, istiqboldagi vazifalar belgilab olindi.

N.Abduraimova,

O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Gender tenglikka erishish strategiyasi ijrosi qanday bajarilmoqda?