Vatanimiz tarixidagi 8 oktyabr sanasi bilan bog‘liq ayrim voqealar bayoni.

1420 yil (bundan 605 yil oldin) – Sohibqiron Amir Temurning o‘g‘li, Temuriylar hukmdori Shohrux mirzo Sabzavor yaqinidagi Bahrobod qasabasida mashoyixlar rahbari, muhaqqiqlar tayanchi bo‘lmish Shayx Sa’duddin Humuviy maqbarasini ziyorat qildi va muhtojlarga nazru sadaqalar ulashdi. Abdurazzoq Samarqandiyning yozishicha, Shohrux Mirzo mazkur maqbarani keyinchalik ham ko‘p bora ziyorat qilgan. 

Ma’lumot o‘rnida qayd etish joizki, kubraviylik ta’limoti namoyandasi Sa’duddin Humuviy (vafoti 1260 yilda) Shayx Najmiddin Kubroning shogirdlaridan bo‘lgan. Piridan irshod olganidan so‘ng dastlab Qosiyun tog‘i (Suriya), so‘ng Bahrobod (Xuroson)da kubraviylik tariqatining yoyilishiga jonbozlik ko‘rsatadi. U “Tasavvuf mash’ali”, “Mahbub” kabi kitoblarning muallifidir. Asarlari murakkab uslubda yozilgan bo‘lib, raqamlar, turli geometrik shakllar ko‘p qo‘llanilgan. Alisher Navoiy o‘zining “Nasoyim ul-muhabbat” asarida Sa’duddin Humuviy Shayx Majdididin Bag‘dodiy bilan Shayx Najmiddin Kubro o‘rtasidagi kudurat bartaraf qilinishida vositachi bo‘lganligi haqida ma’lumot berilib, u haqda alohida fasl ajratilgan.

1858 yil (bundan 167 yil oldin) – Qo‘qon xoni Mallaxon (hukmroniligi 1858–1862 yillar) Toshkentga keldi va Buxoro amirligiga qarshi kurashlarda katta jonbozlik ko‘rsatgan Qanoatshohni Muhammad Musobek o‘rniga Toshkent bekligining hokimi etib tayinladi.

1907 yil (bundan 118 yil oldin) – “Tarjimon” gazetasida xabar berilishicha, Toshkentda qattiq zilzila bo‘lib, u 2 daqiqa davom etgan. Zilzilaning eng shiddatlisi Samarqandda bo‘lgan, bir necha marta qimirlagan, binolar yiqilgan, Bibixonim madrasasining minorasi ham yiqilgan. Qo‘qon va Kattaqo‘rg‘onda ham ikki marta qattiq yer silkingan.

1919 yil (bundan 106 yil oldin) – Moskvada Turkkomissiya (Rossiyaning Turkiston ishlari bo‘yicha komissiyasi) tashkil qilinib, u Toshkentga jo‘natildi. Turkkomissiya o‘lka tarixila o‘ta mash’um rol o‘ynadi.

1921 yil (bundan 104 yil oldin) – Buxoro respublikasi hukumati raisi Fayzulla Xo‘jayev boshchiligida tashkil etilgan Rossiyadagi ochlarga yordam ko‘rsatish qo‘mitasining 8 oktyabrdagi majlisida Buxoro hukumati vakillaridan tashqari Boshqird Respublikasi, Ufa shahri vakillari, Turkiston respublikasi muxtor vakili ishtirok etdi. 

Unda Rossiyaning ocharchilik hukm surayotgan gubernalaridan 1500 bolani ko‘chirib keltirib joylashtirish, oziq-ovqat bilan ta’minlash, Boshqirdistonga jo‘natilayotgan oziq-ovqatning uchdan bir qismini qabul qilingan 500 kishi uchun ajratish masalalari muhokama qilinib, yuqoridagi vazifalarni amalga oshirish Buxoro iqtisodiyot va maorif nozirliklariga topshirildi.

1922 yil (bundan 103 yil oldin) – Inomjon Xidiraliyev Turkiston respublikasi Markaziy Ijroiya Qo‘mitasi raisi lavozimini egalladi. U bu yuksak mansabda o‘z millati, turkistonliklar manfaatini himoya qilganligi uchun 1924 yil yanvarida ishdan olindi. Inomjon Xidiraliyev 1928 yil 31 dekabrda Moskvada “Natsional” mehmonxonasida sirli va fojiali sur’atda o‘ldirigan.

1931 yil (bundan 94 yil oldin) – O‘zbekiston xalq artisti Po‘lat Saidqosimov tavallud topdi (vafoti 2019 yil). U 2001 yilda “El-yurt hurmati” ordeni bilan mukofotlangan.

1953 yil (bundan 72 yil oldin) – O‘zbekiston hukumatiining “Alisher Navoiy nomli opera va balet teatri ishini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori e’lon qilindi. Qarorda teatr ijodiy faoliyatidagi kamchiliklar tilga olinib, teatr repertuariga qo‘yilayotgan asarlar tomoshabinlar talabiga javob bermasligi ta’kidlandi. Qarorda yangi opera va balet asarlari uchun tanlov e’lon qilish, 1953–1954 yillar mobaynida teatr binosini ta’mirdan chiqarish kabi tadbirlar belgilandi.

1996 yil (bundan 29 yil oldin) – O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Ukrainada O‘zbekiston Respublikasi elchixonasini ochish to‘g‘risida”, “Latviya Respublikasida O‘zbekiston Respublikasi elchixonasini ochish to‘g‘risida”, “Berlin shahrida Germaniya Federativ Respublikasidagi O‘zbekiston Respublikasi elchixonasining bo‘limini ochish to‘g‘risida” qarorlari qabul qilindi. 

1999 yil (bundan 26 yil oldin) – “Istiqlol yilnomasi”da qayd etilishicha, 8 oktyabrda matbuotda e’lon qilingan xabarga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Arxeologiya instituti xodimlari germaniyalik hamkasblari bilan birgaliqda besh ming yil muqaddam O‘zbekiston hududida tarkib topgan yirik kon-metallurgiya bazasini topishdi.

Qadimiy kon-metallurgiya mintaqasi Zirabuloq va Ziyovuddin tog‘ etaklaridagi Qarnobdan Janubiy Qizilqumgacha cho‘zilib ketgan bo‘lib, u mintaqamizda vujudga kelgan sivilizatsiyalarni mis va qalay bilan ta’minlagan. Bular insoniyat tarixidagi eng muhim metallar qotishmasi – bronza bo‘lib, butun bir davr nomini anglatadi. Qadimiy qazuv ishlarining ko‘plab izlari topilgan Qizilqum va unga tutash joylarda ma’dan qazib chiqarish asosan eramizdan avvalgi ikki minginchi yillarda olib borilgan.

Konning ochilishi mamlakatimiz hududida keng miqyosda bronza qazib chiqarish ishlari olib borilganligidan guvohlik beradi, bu esa tarixiy adabiyotlarda bronza va undan yasalgan buyumlar bizga Janubiy Eron va Oltoydan keltirilgani haqidagi fikrlarni inkor etadi. Demak, So‘g‘d, Baqtriya, Xorazmdagi jahonga mashhur qadimiy yodgorliklardan topilgan bronzadan yasalgan mehnat qurollari va boshqa buyumlar asosan mahalliy ishlab chiqarish mahsuli ekanligidan dalolat beradi.

2019 yil (bundan 6 yil oldin) – O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi farmoni qabul qilindi. 

2019 yil (bundan 6 yil oldin) – O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Ugom-Chotqol davlat milliy tabiat bog‘ining ayrim tabiiy hududlari va ob’ektlaridan foydalanishni tartibga solish to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi. 

2020 yil (bundan 5 yil oldin) – O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Qatag‘on qurbonlarining merosini yanada chuqur o‘rganish va ular xotirasini abadiylashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmoyishi qabul qilindi. 

2020 yil (bundan 5 yil oldin) – Maktabgacha ta’lim sohasi uchun yuqori malakali pedagog kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish, rivojlangan xorijiy mamlakatlarning yetakchi oliy ta’lim tashkilotlari bilan hamkorlikni kengaytirish, ta’lim muassasalarining oliy ma’lumotli pedagog kadrlarga bo‘lgan ehtiyojlarini qondirish maqsadida Prezident qarori bilan Toshkent shahrida “A.I. Gersen nomidagi Rossiya davlat pedagogika universiteti” Federal davlat byudjeti oliy ta’lim muassasasining filiali tashkil etildi.

2021 yil (bundan 4 yil oldin) – O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Hududlarda jamoat transporti faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi. 

Alisher EGAMBERDIEV tayyorladi, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Vatanimiz hududida kamida besh ming yillik tarixga ega mis va qalay konlari topilganini bilasizmi?