XXR sohillarida joriy yilning o‘zida yigirma birinchi to‘fon kuzatilmoqda. Bu galgisi “Matmo” to‘foni deb ataladi va u mamlakat janubidagi Guandun provinsiyasigacha yetib keldi, deb  xabar tarqatdi Xitoy markaziy televideniyesi.

Ta’kidlanishicha, tabiiy ofatning maksimal shamol esishi sekundiga 42 metrga yetadi.

Avvalroq, ushbu hudud rasmiylari to‘fon yaqinlashgani sababli 150 mingdan ortiq odam, Xaynan orolida esa kamida 110 ming kishi xavfsiz hududlarga ko‘chirilgani haqida xabar qilgandi.

Iqlimshunoslar fikricha, to‘fon ichki mintaqalarga o‘tishi bilan zaiflashadi, yaqin 24 soat ichida Xaynan orolining aksariyat hududlari va Guansi-Chjuan janubi-g‘arbida kuchli yomg‘ir va shamol bo‘lishi kutilmoqda.

S.Rahimov, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Matmo” to‘foni Xitoyning Guandun provinsiyasiga yetib keldi