Yurtimizda yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularni daromadli qilish maqsadida ularga yer ajratib berish amaliyoti yo‘lga qo‘yilgan edi. Yoshlar ishlari agentligi tomonidan dehqonchilik qilish istagidagi 224 ming 182 nafar yoshlar ro‘yxati shakllantirilgan. Hokimliklar zaxirasidagi 60 ming gektardan ziyod yer auksion orqali 152 ming yoshlarga foydalanishga berilgan.

“Yosh fermer” elektron platformasi va mobil ilovasi orqali yoshlar faoliyati monitoring qilib boriladi va ularga agrota’lim, marketing va mahsulot yetishtirish bo‘yicha maslahatlar beriladi. Yoshlar uchun “Fermerlar maktabi”da qisqa muddatli kurslar tashkil etilmoqda.

Bu haqda Oliy Majlis Qonunchilik palatasining bugungi majlisida aytib o‘tildi. Unda deputatlar Yoshlar ishlari agentligi direktori Alisher Sa’dullayevning “Yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli foydalanishi hamda ularni kasb-hunarga o‘qitish orqali bandligini ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlarning amalga oshirilish holati to‘g‘risida”gi parlament so‘roviga berilgan javobini ko‘rib chiqdi.

Parlament so‘rovida deputatlarning saylov okruglaridagi uchrashuvlari hamda hududlarda o‘tkazilgan nazorat-tahlil tadbirlari davomida aniqlangan bir qator masalalar, xususan, “Besh tashabbus olimpiadasi”, raqamli boshqaruv, “Yoshlar daftari” faoliyati, yoshlarga yer ajratish va fermerlikni qo‘llab-quvvatlash bilan bog‘liq masalalar yuzasidan tushuntirish berish so‘ralgan edi. 

Javobda keltirilganidek, “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida 524 mingga yaqin tadbir tashkil etilgan. Mahallalarda o‘tkazilgan musobaqalarda 8 millionga yaqin yoshlar faol ishtirok etgan. Olimpiada g‘oliblari orasida 17 nafar yoshlar davlat mukofotlari bilan taqdirlangan, ularning mahallalarida esa 969 ta yangi sport maydonchalari qurilib, foydalanishga topshirilgan. “Yosh kitobxon” tanlovi doirasida 4,7 milliondan ortiq yoshlar ishtirok etib, 17 nafar g‘oliblarga “Spark” avtomashinalari topshirilgan.

Yoshlar yetakchilari faoliyatini samarali tashkil etish va hisobdorlikni oshirish maqsadida “Yetakchi” elektron platformasi joriy etilgan. Ushbu platforma 15 ta elektron tizimni birlashtiradi. Platforma orqali yetakchilar shaxsiy yoki anonim murojaat yo‘llash imkoniyatiga ega. Shuningdek, platformada “Yetakchi akademiyasi” orqali onlayn ta’lim olish imkoniyati yaratilgan. 

Parlament so‘rovida “Yoshlar daftari” jamg‘armasiga ajratilgan mablag‘lar ayrim tumanlarga o‘z vaqtida va to‘liq yetkazib berilmayotgani hamda mablag‘larni taqsimlash mexanizmi to‘liq ta’minlanmayotgani qayd etilib, mazkur masala yuzasidan tushuntirish berish so‘ralgan edi.

So‘rovga kelgan javobda qayd etilganidek, “Yoshlar daftari” jamg‘armalarining holati tahlil qilingan. 2025 yil 5 sentyabr holatiga jamg‘armalarda 336 mlrd. so‘m mablag‘ shakllangan bo‘lib, yil boshidan 45 ming nafar yoshga 188 mlrd. so‘mlik moddiy qo‘llab-quvvatlash ko‘rsatilgan. 

Biroq ayrim tumanlarda mablag‘larni o‘z vaqtida yetkazib berilmaslik holatlari mavjud. Bu muammolarni hal etish maqsadida Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori qabul qilingan. Jamg‘armalardagi mablag‘lar har bir mahalla kesimida aholi soni, kambag‘allik darajasi va nogironligi bo‘lgan shaxslar soniga mutanosib ravishda adolatli taqsimlanishi belgilangan.

Deputatlar yoshlarning imkoniyatlarini yanada kengaytirish, yechimini kutayotgan masalalarni hal etish, yigit-qizlar uchun yaratilgan imkoniyatlar haqida targ‘ibot-tashviqot ishlarini kuchaytirish zarurligini ta’kidladi.

Muhtarama Komilova, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Yoshlar daftari” jamg‘armasiga mablag‘lar to‘liq yetkazib berilmayotgan holatlar bor