Oliy Majlis Qonunchilik palatasi majlisida qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vaziri Sh.Hidoyatovning “Oqova suvlarni chiqarib yuborish tizimlarini modernizatsiya qilish va yangilarini qurish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar haqida”gi axboroti eshitilar ekan, deputatlar sohaga oid bir qator masalalar yuzasidan savollarni o‘rtaga tashladilar.

Rahmatilla Shukurov, deputat:

— Oqova suv tarmoqlarida avariya vujudga kelsa, yangi ta’mirlangan yo‘llar yana qayta buzilib, kovlanishi natijasida aholiga noqulayliklar yuzaga keladi. Bunday avariyalarni oldindan aniqlash va bartaraf etish bo‘yicha muhandislik infratuzilmalarida qanday yangi texnologiyalardan foydalanilyapti, innovatsion qurilmalardan foydalanish imkoniyatlari qanday?  

Ozoda Jo‘rayeva, qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari:

— Innovatsion texnologiyalardan foydalanish sohada muhim hisoblanadi. Yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan avariyalarning oldini olish uchun muntazam ko‘riklar olib boriladi. Maxsus kollektorlar yordamida oqova suv tarmoqlarini o‘tkazish amaliyoti yo‘lga qo‘yilmoqda. Bir qator yangi loyihalarda kollektorlardan foydalanildi. Kollektorlarni faqat yangi ob’ekt va loyihalarda amalga oshirish mumkin. Bu katta mablag‘ni talab etadi. Bundan tashqari, eski kommunal tizimlarda kollektorlar orqali tarmoqlarni o‘tkazish imkoni yo‘q. Bu aholiga noqulaylik keltirib chiqaradi.  

Sayyora Jumayeva, deputat:

—  Bugungi kunda respublikamizning barcha hududida uy-joy qurilishlari ko‘payib bormoqda. Bu esa kommunal tarmoqlarga yuklamalarni oshiradi. Joylarda saylovchilar bilan uchrashuvlarda ham bu borada ko‘plab muammolar ko‘tariladi. Qurilishlarga ruxsat berishda suv tarmoqlari, umuman, kommunal tarmoqlarga bo‘ladigan yuklamalar ham inobatga olinadimi?

Vazirlik mutasaddisi:

—  Qonunchiligimizga ko‘ra, ichimlik va oqova tarmoqlarining quvvati yetmaydigan bo‘lsa, o‘sha hududda ushbu tarmoqlarga ulanishga ruxsat berilmaydi. Tarmoqlarning quvvati doimiy nazoratda bo‘ladi. Ularning quvvatini oshirish bo‘yicha ham ishlar amalga oshirilmoqda.

Muhtarama Komilova,

O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yangi qurilishlarda kommunal tarmoqlarga yuklamalar inobatga olinyaptimi?