Bu bo‘yicha Prezident farmoni (PF –180-son, 04.10.2025 y.) qabul qilindi.

Farmonga ko‘ra, 2026 yil 1 yanvardan quyidagi shartlarga javob beradigan chet el fuqarolarining O‘zbekiston Respublikasi hududidan tashqaridagi manbalardan olingan daromadlarini jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘idan ozod qilishni nazarda tutuvchi chet el fuqarolarining daromadlarini soliqqa tortishning maxsus soliq rejimi joriy etiladi:

–50 ming AQSH dollari miqdorida maxsus yig‘im to‘lash;

–O‘zbekiston Respublikasidagi maxsus vakolatli tijorat bankida bank hisobvarag‘ini yoki maxsus vakolatli kripto-birjada kripto-hamyon ochish.

Ketma-ket o‘n ikki oylik davr davomida jami 30 kalendar kundan ko‘proq O‘zbekiston Respublikasida haqiqatda bo‘lgan jismoniy shaxslar ular mulk yoki ijara huquqi asosida O‘zbekiston Respublikasi hududida turar joy ko‘chmas mulk ob’ektiga ega bo‘lganda O‘zbekiston Respublikasining soliq rezidentlari deb e’tirof etiladi.

O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Chet el fuqarolari uchun maxsus soliq rejimi joriy etiladi