Sudlarda ochiqlikni ta’minlash bo‘yicha sezilarli darajada o‘zgarishlar yuz berdi. Ochiq sud majlislarida barcha fuqarolarga hech qanday to‘siqlarsiz ishtirok etish imkoniyati yaratildi. Sud qarorlari hech kimdan sir tutilmasdan onlayn tarzda e’lon qilinmoqda.

Biroq, har qanday holatda ham shaxsning huquq va erkinliklarini himoya qilish, uning sha’ni va qadr-qimmatini hurmat qilish shart. 

2025 yil 26 sentyabrda kuchga kirgan “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonun shu maqsadga qaratilgan.  

– Konstitutsiyaning 31-moddasida har bir inson shaxsiy hayotining daxlsizligi, shaxsiy va oilaviy sirga ega bo‘lishi, o‘z sha’ni va qadr-qimmatini himoya qilish huquqiga ega ekani mustahkamlangan, – deydi senator Moyra Tosheva. – Shaxsga doir ma’lumotlar qonun bilan himoya qilinadi.  

Shu nuqtai nazardan ayrim sud ishlari yopiq sud majlislarida ko‘riladi. Jinoyat protsessual kodeksi (JPK)ning 19-moddasida ayrim toifadagi ishlarni yopiq sud majlisida ko‘rish mumkinligi, unda ko‘riladigan ishlar toifalari, yopiq sud majlisida ko‘rilgan masalalarni oshkor qilmaslik talablari belgilangan. Shunday bo‘lsada, bunday ma’lumotlarni oshkor qilganlik uchun javobgarlik belgilaydigan norma qonunchilikda mavjud emas edi. 

Faqatgina Jinoyat kodeksining 239-moddasida surishtiruv yoki dastlabki tergov ma’lumotlarini surishtiruvchi, tergovchi yoki prokurorning ruxsatisiz oshkor qilganlik uchun javobgarlik belgilangan.

Oqibatda sud tomonidan ogohlantirilganiga qaramasdan yopiq sud majlisi ishtirokchilari tomonidan sud jarayonlarida olingan ma’lumotlarni sudning ruxsatisiz oshkor qilinishi holatlari uchramoqda.  

Shulardan kelib chiqib, ushbu qonun sir saqlanishi lozim bo‘lgan ma’lumotlarning sudning ruxsatisiz, sud muhokamasi ishtirokchilari tomonidan oshkor etilishining oldini olish maqsadida Oliy sud tomonidan ishlab chiqilgan.

Qonun 8 moddadan iborat bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasining 5 ta kodeksi – Jinoyat, Jinoyat protsessual, Fuqarolik protsessual, Iqtisodiy protsessual va Ma’muriy sud ishlarini yuritish to‘g‘risidagi kodekslarga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi. Bular sud ma’lumotlarini oshkor qilmaslik bo‘yicha sud muhokamasi ishtirokchilariga tegishli majburiyat yuklash va uni buzganlik uchun jinoiy javobgarlikni nazarda tutadi. 

Jinoyat kodeksining 239-moddasi nomi “Surishtiruv, dastlabki tergov yoki yopiq sud majlisi ma’lumotlarini oshkor qilish”, deb nomlandi. Unda yopiq sud majlisi muhokamasi ma’lumotlari hamda tafsilotlarini sudning ruxsatisiz oshkor qilmaslik majburiyati o‘z zimmasiga yuklatilgan shaxs tomonidan ularni oshkor qilish – bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishga sabab bo‘lishi belgilandi.  

Jinoyat-protsessual kodeksining 271-moddasida yopiq sud majlisi muhokamasi ma’lumotlarini hamda tafsilotlarini oshkor qilganlik uchun javobgarlik nazarda tutildi. 

Jinoyat-protsessual, Fuqarolik protsessual, Iqtisodiy protsessual kodekslarining, Ma’muriy sud ishlarini yuritish to‘g‘risidagi kodeksning tegishli moddalarida ekspert, mutaxassis, tarjimonga yopiq sud majlisi muhokamasi ma’lumotlarini hamda tafsilotlarini sudning ruxsatisiz oshkor etmaslik majburiyati yuklatildi. 

Jinoyat-protsessual kodeksi yopiq sud majlisi ma’lumotlarini oshkor qilmaslik majburiyatini belgilovchi yangi 402-1-modda bilan, Fuqarolik protsessual va Iqtisodiy protsessual kodekslari, Ma’muriy sud ishlarini yuritish to‘g‘risidagi kodeksning “Sud majlisi”ga oid moddalari  yangi qism bilan to‘ldirildi. 

Unga ko‘ra, ish yopiq sud majlisida ko‘rilganida sud majlisida ishtirok etayotgan shaxslar sud muhokamasi ma’lumotlarini hamda tafsilotlarini sudning ruxsatisiz oshkor qilmaslik to‘g‘risida ogohlantirilib, ulardan tilxat olinadi. Tilxatda mazkur majburiyatni buzganlik uchun Jinoyat kodeksining 239-moddasiga binoan javobgarlik haqidagi ogohlantirish ham aks ettiriladi.

Qonun bilan joriy etilgan yangi me’yorlar sir saqlanishi lozim bo‘lgan ma’lumotlar, jumladan, sud muhokamasi ishtirokchilarining shaxsiy hayoti haqidagi ma’lumotlar oshkor etilishining oldini oladi. Sud jarayonlarida shaxsning huquq va erkinliklarini himoya qilish kafolatlari yanada kuchaytiriladi. 

Norgul Abduraimova,

O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yopiq sud ma’lumotlarini oshkor qilganlik uchun qanday javobgarlik belgilandi?