Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi dala va aholi punktlarida xazon, shox-shabbalar yoki o‘simliklarning boshqa qoldiqlarini yoqib yubormaslik to‘g‘risida ogohlantiradi.
Bu kabi huquqbuzarliklar “Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi qonunning 20-moddasi, “Atmosfera havosini muhofaza qilish to‘g‘risida”gi qonunning 4, 24-moddalari buzilishiga olib keladi.
Shuningdek, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 88-moddasi 3-qismiga asosan fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining 3 baravaridan 5 baravarigacha (1 mln. 236 ming so‘mdan 2 mln. 60 ming so‘mgacha), mansabdor shaxslarga esa — 5 baravaridan 10 baravarigacha (2 mln. 60 ming so‘mdan 4 mln. 120 ming so‘mgacha) miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Bundan tashqari, huquqbuzarlik ma’muriy jazo чораси qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilsa, fuqarolarga BHMning 5 baravaridan 7 baravarigacha (2 mln. 60 ming so‘m — 2 mln. 884 ming so‘m), mansabdor shaxslarga esa 10 baravaridan 15 baravarigacha (4 mln. 120 ming so‘m — 6 mln. 180 ming so‘m) miqdorda jarima solinadi.
O‘simlik qoldiqlarini yoqish natijasida atmosferaga is gazi, uglerod oksidi kabi zararli moddalar ajralib chiqadi. Bu esa nafaqat ekologiya, balki insonlar salomatligi uchun ham jiddiy xavf tug‘diradi. Atrof-muhit ifloslanishining oldini olish barchamizning fuqarolik burchimizdir!
Dildora DO‘SMATOVA
O‘zA