O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi so‘nggi yillar dunyo futbolining yetakchi shaxslaridan biri, uch karra Jahon chempionati ishtirokchisi, 2006 yilgi Jahon chempionati g‘olibi, Italiya terma jamoasi sobiq sardori — Fabio Kannavaro bilan shartnoma imzoladi.
O‘FA xabariga ko‘ra, italiyalik mutaxassis milliy jamoamizni 2026 yil AQSH, Kanada va Meksika maydonlarida bo‘lib o‘tadigan Jahon chempionatiga tayyorlaydi.
Fabio Kannavaroga quyidagi mutaxassislar yordam beradi:
Aujenio Albarella — yordamchi murabbiy. Ilgari Yaponiya terma jamoasi, “Yuventus”, “Udineze” va “Dinamo Zagreb” klublarida faoliyat yuritgan.
Troyze Franchesko — jismoniy tayyorgarlik bo‘yicha murabbiy. “Benevento”, “Udineze” va “Dinamo Zagreb”da ishlagan.
Antonio Kimenti — darvozabonlar murabbiyi. Italiya yoshlar terma jamoasi, “Sampdoriya” va “Spal” klublarida murabbiylik qilgan.
Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA