Markaziy bank ma’lumotlariga ko‘ra, shu yil 6 oktyabr holatiga 1 gramm oltinning narxi 1 mln. 572 ming 600 so‘mni tashkil etdi. Bu ko‘rsatkich mamlakat tarixi uchun eng yuqori narx hisoblanadi.

Banklarda sotilayotgan quymalar qiymati quyidagicha belgilandi. 5 grammli quyma — 7 mln. 860 ming so‘m, 10 grammli quyma — 15 mln. 721 ming so‘m, 20 grammli quyma — 31 mln. 441 ming so‘m, 50 grammli quyma — 78 mln. 603 ming so‘m, 100 grammli quyma — 157 mln. 206 ming so‘mni tashkil etmoqda.

Markaziy bank ma’lumotlariga ko‘ra, yil boshidan buyon oltin narxi 36 marta rekord darajada yangilangan. Shu davr mobaynida o‘lchovli oltin 38,8 foizga, o‘tgan yilning shu davriga nisbatan esa 40,2 foizga qimmatlashgan.

Shuningdek, jahon bozorida ham o‘sish kuzatilmoqda. Bugun, 6 oktyabr holatiga ko‘ra, xalqaro bozorda oltinning troya unsiyasi ilk bor 3 939 dollarga yetdi (gramm uchun taxminan 126,65 dollar). Bu holat AQSH Federal zaxira tizimi (FED)ning pul-kredit siyosati yumshatilishi ehtimoli va mamlakatdagi shatdaun — hukumat faoliyatining vaqtincha to‘xtashi bilan izohlanmoqda.

Goldman Sachs tahlilchilari fikricha, agar FED mustaqilligiga bosim kuchaysa, oltin narxi bir troya unsiyasi uchun 5 ming dollargacha ko‘tarilishi mumkin. Shuningdek, hatto AQSH g‘aznachilik obligatsiyalaridan oltinga o‘tadigan aktivlarning kichik ulushi ham global narxlarning keskin oshishiga sabab bo‘lishi ehtimol qilinmoqda.

Sh. Mamaturopova, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekistonda oltin quymalar narxi yana bir bor tarixiy maksimumni yangiladi