Bugungi kunda ijtimoiy tarmoqlar insonlar uchun axborot almashishdan tashqari, o‘zini namoyon etish, biznes yuritish va turli sohalarda yangiliklar yaratish uchun ham muhim maydon bo‘lib xizmat qilmoqda. Ammo, afsuski, bu platformalarning yana bir tomoni bor. Oila, shaxsiy hayot va eng nozik munosabatlar ochiq muhokamaga sabab bo‘lib, bu jarayon ko‘pincha ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilarini ikki qutbga ajratadi. Masalan, mashhur insonlarning ajrimi, unashtiruvining buzilishi yoki boshqa oilaviy mojarolari minglab, hatto millionlab odamlar tomonidan muhokama qilinadi. Bu holat insonlarning o‘z shaxsiy hayoti bilan shug‘ullanish o‘rniga, begona insonlarning shaxsiy hayotiga qiziqishini oshiradi. Shuningdek, ko‘pchilik o‘zini “adolat farishtasi” kabi tutib, tarafkashlik qiladi yoki ma’lum tomonlarni qoralaydi.

Inson tabiatida boshqalarning hayotini kuzatish, ularning muammolarini muhokama qilish qiziqish uyg‘otadi. Bu qiziqish ko‘pincha shaxsiy hayotidagi muammolar, noroziliklar yoki zerikish hissidan kelib chiqadi. Ijtimoiy tarmoqlar esa bunday qiziqishni yanada kuchaytirib, begona hayotlarga kirib borish imkonini yaratadi. Biroq, muammo shundaki, insonlar ko‘pincha to‘liq ma’lumotga ega bo‘lmasdan, holatni noto‘g‘ri talqin qiladi yoki o‘z tomonlarini himoya qilish uchun asossiz fikrlar bildiradi.

Tarmoqlarda fikr bildirish oson bo‘lib qolgani uchun ko‘pchilik o‘z so‘zlarining oqibatini har doim ham hisobga olmaydi. Shaxsiy hayotga aralashuv, noaniq va noto‘g‘ri ma’lumotlar tarqatish ko‘plab zararli oqibatlarga olib keladi. Bu nafaqat muayyan shaxslar ruhiyatiga ta’sir qiladi, balki jamiyatda ishonch va hurmat muhitini ham buzadi. 

Ijtimoiy tarmoqlarda vaqt va energiya g‘iybat, tarafkashliklarga sarflanayotgani, ayni paytda yangi g‘oyalar, ijtimoiy loyihalar, ijobiy o‘zgarishlar uchun salohiyat yo‘qotilishiga ham sabab bo‘lishi mumkin. O‘ta jo‘n va faqatgina oilaga taalluqli bo‘lgan muammolarni muhokama qilishga birlashgan insonlarning sarflagan vaqti va energiyasi, aslida umumiy jamoat masalalari, saylovlar, iqtisodiy loyihalar, ijtimoiy rivojlanish uchun sarflanishi mumkin edi. Agar insonlar shaxsiy hayotdagi g‘iybatlardan ko‘ra, jamoat foydasiga ishlaydigan masalalarga qiziqish bildirishsa, bugungi kunda yanada ko‘proq ijtimoiy, siyosiy va iqtisodiy taraqqiyotga erishish mumkin bo‘lar edi.

Hozirda har bir inson o‘z hayotining maxfiyligi va hurmat qilinishini talab qilishga haqli. Jamiyatda shaxsiy hayot va unga aralashuv haqida aniq chegaralar o‘rnatilishi lozim. O‘z hayotimizga doir muammolarni ochiq muhokama qilishni xohlasak ham, boshqalarning shaxsiy hayotini hurmat qilish va shaxsiy hayoti haqida ortiqcha gapirmaslik majburiyatimiz bor.

Tarmoqlarda keng tarqalgan noto‘g‘ri fikrlar jamiyat me’yorlarini buzadi va axloqiy qadriyatlarni zaiflashtiradi. Shaxsiy mojarolar ommaga ko‘rsatilganda, ijtimoiy tarmoqlar orqali ikki tomonlama bo‘linish va nizolar kuchayishi jamoaviy birdamlik kamayishiga sabab bo‘ladi.

Ijtimoiy tarmoqlar inson hayotining barcha jabhalariga ta’sir ko‘rsatmoqda. Ularning ijobiy tomonlari ko‘p bo‘lishiga qaramay, shaxsiy hayotga bejiz aralashish, tarafkashlik va noto‘g‘ri fikr bildirish jamiyatning ruhiyatiga va taraqqiyotiga salbiy ta’sir qiladi. Shu sababli, har bir foydalanuvchi va platforma ijtimoiy tarmoqlarning salbiy oqibatlarini kamaytirishga intilishi, shaxsiy hayotni hurmat qilishi va jamiyatning umumiy manfaatlariga xizmat qiluvchi faoliyatga e’tibor qaratishi zarur. Faqat shunday yondashuv orqali biz ertangi barqaror va farovon jamiyat qurishimiz mumkin.

Dildora DO‘SMATOVA

O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Fikr bildirishda mas’uliyat yo‘qolmoqdami?!