2026 yil 15 yanvardan 28 fevralgacha respublika aholisi qayta ro‘yxatga olinadi. Bu haqda mamlakat hukumatining qarori qabul qilingan bo‘lib, hozir amaliy ishlar olib borilmoqda. Ma’lumki, bungacha 1989 yilda aholi ro‘yxatga olingan edi.

Oradan o‘tgan 35 yilda ko‘plab o‘zgarishlar ro‘y berdi. Avvalo, demografik ko‘rsatkichlar yangilanishi lozim. Aholining daromad manbai, bandligi, ta’lim darajasi, turar joyi, migratsiya xolati va xo‘jalik yerlaridan foydalanish kabi masalalarda 71 ta ( undan 54 tasi aholiga, 17 tasi qishloq xo‘jaligiga oid) savolga javob olinib, umumlashtiriladi.

Xo‘sh, bu kabi umummilliy amaliyot nega zarur va Farg‘ona viloyatida unga qanday xozirlik ko‘rilyapti? Farg‘ona viloyat statistika boshqarmasining aholini ro‘yxatga olish va o‘tkazish bo‘limi boshlig‘i Alisher Abdurazzoqov shu haqda gapirib berdi. 

–Aholining ijtimoiy-iqtisodiy ahvoli, migratsiyasi, ish faoliyati, daromad manbalari, turmush farovonligi darajasi, qishloq xo‘jaligi resurslarini to‘liq hisobga olish mamlakat taraqqiyoti istiqbollarini belgilashda hal qiluvchi rol o‘ynaydi. Hisobga olish orqali davlat dasturlari samaradorligini oshirish, oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash imkoni yaratiladi. Aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish mamlakatimizning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini strategik rejalashtirishda dolzarb ahamiyat kasb etadigan masaladir.

Ro‘yxatga olish orqali aholi va qishloq xo‘jaligining yagona ma’lumotlar bazasi shakllanadi, shu bilan birga, qishloq xo‘jaligida yerdan foydalanish, chorvachilik va parrandachilik ko‘rsatkichlari aniqlanadi.
Yurtimizda umummilliy ro‘yxatga olish oxirgi marta 1989 yilda o‘tkazilgan edi. O‘zbekiston 
Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 11 noyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasida 2023 yilda aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilingandan so‘ng bu muhim siyosiy jarayonga har tomonlama puxta tayyorgarlik ko‘rildi.

So‘nggi yillarda bu borada qator ishlar amalga oshirildi. Jumladan, “Aholini ro‘yxatga olish to‘g‘risida”gi qonun qabul qilinib, aholini har 10 yilda, qishloq xo‘jaligini esa har 5 yilda kamida bir marta ro‘yxatdan o‘tkazish belgilandi.

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev shu yil 11 sentyabr kuni aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish ishlarini samarali tashkil etishga oid taqdimnoma bilan tanishdi. Unda 2026 yil 15 yanvardan 28 fevralgacha O‘zbekistonda aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish bo‘yicha umummilliy tadbirlar ikki bosqichda o‘tkazilishi belgilandi. 15-31 yanvar kunlari internet orqali so‘rovlar, 1-28 fevralda mahalla “yettiligi” ishtirokida uyma-uy yurib ro‘yxatga olish ishlari olib boriladi. 

Davlat tashkilotlarida ishlaydigan xodimlar internet orqali mustaqil ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin. Ya’ni avvalgi 17 kun davomida fuqarolar “census. Stat. uz” portali orqali OneID tizimi yoki JSHSHIR (jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami) yordamida onlayn ro‘yxatdan o‘tadilar. Bu aholining 23-25 foizini qamrab olish imkonini beradi.

Shuni aytib o‘tish kerakki, 2021 yilda aholini, 2022 yilda esa qishloq xo‘jaligini sinov tariqasida ro‘yxatga olish tadbirlari o‘tkazilgan edi. To‘laqonli ro‘yxatga olishni o‘tkazish uchun zarur omillar va xalqaro tajribalarni o‘rganish hamda tegishli chora-tadbirlarni ishlab chiqish ma’lum vaqtni taqozo etdi.

Ro‘yxatga olish jarayoniga hozirlik tufayli xarajatlar 1,3 trillion so‘mgacha qisqartirilib, savollar soni 328 tadan 71 taga kamaytiriladi. Ro‘yxatga olish ishlarini samarali tashkil etish uchun mahalla “yettiligi” maxsus o‘qitiladi.

Hozir respublikamizda bo‘lgani kabi viloyatimizda ham aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish jarayoniga hozirlik ishlari izchil olib borilmoqda. Joylarda ko‘cha nomi belgilarining mavjudligi hamda xonadonlarni raqamlashtirish ishlari mahalla fuqarolar yig‘inlari tomonidan amalga oshirilmoqda. Mahallalar, maktablar, oliy, o‘rta maxsus ta’lim muassasalari va boshqa joylarda aholiga ro‘yxatga olishning mazmun-mohiyati, maqsadi haqida targ‘ibot-tashviqot ishlari olib borilyapti.

Yig‘ilgan ma’lumotlar hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, yangi ish o‘rinlari yaratish, ayollar va bolalar salomatligini yaxshilash, oilalarga yordam ko‘rsatish dasturlari uchun asosiy manba bo‘ladi. Bundan tashqari, aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish natijalari milliy barqaror rivojlanish maqsadlarini baholash, xalqaro reytinglarda mamlakatimizning o‘rnini yuksaltirish, xorijiy investorlarni yurtimizga jalb qilish va turizm salohiyatini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Mamlakatimizda dolzarb siyosiy jarayon boshlanishiga sanoqli oylar qoldi. Bu davrda barcha hozirlik ishlarini to‘liq ado etib, ro‘yxatga olishni sifatli va samarali tashkil etamiz. Buning uchun bizda barcha imkoniyatlar, kuch va resurslar yetarli. Hamyurtlarimizdan aholini va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish umummilliy tadbirlarida faol qatnashib, o‘z fuqarolik burchini mas’uliyat bilan ado etishlarini so‘raymiz.

 Muhammadjon Obidov, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Aholi nega ro‘yxatga olinadi?