Garvard tibbiyot maktabi olimlari PICTURE nomli sun’iy intellekt tizimini yaratdi. U jarrohlik amaliyoti paytida miya o‘smalarining ikki xavfli turi — glioblastoma va markaziy asab tizimining birlamchi limfomasini (MATBL) — 98 foizdan yuqori aniqlik bilan farqlay oladi.
Oddiy sharoitda neyrojarrohlar muzlatilgan kesimlardan foydalanadi, ammo bunda tashxis xatolari ko‘p uchraydi. PICTURE
esa xatolik ehtimolini kamaytirib, shifokorlarga tezkor va ishonchli qaror qabul qilishga yordam beradi. Shuningdek, tizim o‘z ishonch darajasini baholaydi va zarurat tug‘ilganda shifokorga signal beradi.
Sinovlar shuni ko‘rsatdiki, PICTURE nafaqat patologoanatomlardan, balki boshqa SI tizimlaridan ham yuqori natija ko‘rsatgan. U hatto markaziy asab tizimining 67 turdagi boshqa o‘smalarini aniqlash imkoniyatiga ega.
Mutaxassislarning fikricha, bu texnologiya neyroonkologiyada tashxislash yondashuvini tubdan o‘zgartirishi mumkin. Shu bilan birga, turli aholilar guruhlarida samaradorligini tasdiqlash uchun qo‘shimcha tadqiqotlar zarur.
<iframe width="640" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/HYNXb_N5FMY" title="Miya saratonini aniqlashda SI yangi rekord o`rnatdi" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Madinabonu Nasriyeva,
Ulug‘bek To‘xtayev, O‘zA